Xizmat: Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlashga ruxsatnoma

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

OneID orqali kirish
Litsenziyalash
Barcha shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik

Xizmat tavsifi

Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlashga ruxsatnoma tabiatdan foydalanuvchining arizasida quyidagilar ko‘rsatilgan holda beriladi:

yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;

jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;

hayvonlarni saqlashning maqsadi;

aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalariga, Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risidagi Konvensiya (CITES)ning talablariga muvofiq hayvonlarni saqlash sharoitlari;

turlari bo‘yicha hayvonlar soni;

hayvonlarning kelib chiqishi.

Xizmatni ko`rsatish muddati

15 ish kuni