1. Litsenziya berish toʼgʼrisida ariza, unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), soliq toʼlovchining identifikatsiya raqami, asosiy faoliyat turi, telefon raqami, elektron pochta manzili koʼrsatiladi.
2. Birja tovarlari bilan savdo qilish qoidalari nusxasi.
3. Ustav jamgʼarmasining shakllantirilgani toʼgʼrisida maʼlumotnoma.
4. Birja savdolari elektron tizimi hamda hisob kitob-kliring tizimining Tovar-xom ashyo birjalarining elektron savdo tizimlariga qoʼyiladigan umumiy talablar toʼgʼrisidagi nizomda nazarda tutilgan talablarga javob berishi toʼgʼrisida Oʼzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va «Kiberxavfsizlik markazi» DUKning ijobiy xulosasi.