icon

Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun yangi litsenziya olish

Yuridik shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik
ERI talab qilinadi
Yuridik shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik
ERI talab qilinadi

1. Ishchi organ ariza qabul qilingan kundan boshlab tibbiy faoliyatni amalga oshirishga mo'ljallangan xonalarning sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigienik normativlarga muvofiqligi haqidagi xulosani olish uchun davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining tegishli xududiy markaziga bir kun mobaynida ariza yo'llash kerak.

2. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining tegishli xududiy markazi ishchi organga idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali joyiga borib o'rganish asosida tuzilgan xonalarning sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigiena normativlariga mosligi haqidagi xulosani taqdim etadi.

3. Ishchi organning eksperti xonalarning sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigiena normativlariga mosligi haqidagi xulosa olingandan so'ng joyiga borgan holda bir hafta muddatda lisenziya talabgorining lisenziya talablari va shartlariga muvogiqligini tekshirish bo'yicha ekspertiza o'tkazadi. Shuningdek ekspertiza natijalariga ko'ra lisenziya berish yoki uni berishni rad etish haqidagi ekspert xulosasini beradi.

4. Lisenziyalovchi organ ekspert xulosasiga ko'ra lisenziya berish yoki uni berishni rad etish haqidagi qaror qabul qiladi.

5. Lisenziyalovchi organ o'z qarori haqida lisenziya talabgorini u o'z arizasida ko'rsatgan shaklda, bank xisob raqami rekvizitlari va davlat bojini to'lash muddati ko'rsatilgan xolda xabardor qiladi. Lisenziya berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda lisenziya berishni rad etish haqidagi xabarnoma lisenziya talabgoriga u arizada ko'rsatgan shaklda yo'llanadi, unda rad etish sabablari va lisenziya talabgori ularni bartaraf etish sabablari va lisenziya talabgori ularni bartaraf etgan holda qayta ko'rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo'lgan muddat ko'rsatiladi. Lisenziya berishni rad etish to'g'risidagi xabarnomada ko'rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun etarli bo'lishi zarur. 4-bosqich: lisenziya berishni rad etishga asos bo'lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, lisenziya beruvchi organ arizani takroran ko'rib chiqadi, lisenziya beradi yoki uni berishni rad etadi.

+998 (71) 241-10-69

a) yangi lisensiya olishda va amal qilish muddati uzaytirilganda:

1) Muvofiq shakldagi ariza, asl nusxasi: 1 (bir nusxa).

 

b) lisenziya qayta rasmiylashtirilganda:

1) Muvofiq shakldagi ariza, asl nusxasi: 1 (bir nusxa).

2) Muvofiq shakldagi lisenziya — ariza lisenziyalovchi organga «yagona darcha» markazlari orqali topshirilganda amaldagi 

lisenziyaning asl nusxasi, asl nusxasi: 1 (bir nusxa).

 

3) Ilgari berilgan amaldagi lisenziyaning asl nusxasi lisenziyalovchi organga jo‘natilganligini tasdiqlovchi pochta hujjati – ariza lisenziyalovchi organga Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali topshirilganda, nusxasi: 1 (bir nusxa).

 

с) lisenziya dublikatini olishda:

1) Muvofiq shakldagi ariza, asl nusxasi: 1 (bir nusxa).

 

2) Ilgari berilgan lisenziya yo‘qotib qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjat — ilgari berilgan lisenziya asl nusxasi yo‘qotilganda, nusxasi: 1 (bir nusxa).

Yagona portal orqali topshirilganda miqdori:
Yig'im - 1.8 BRV (540000.00 UZS)


Arizani to'ldirish uchun ketadigan vaqt (daqiqa):


O‘rtacha baho

Baholashdi: 0 odam

Umumiy statistika

Yangilari 0
Jarayonda 0
Tugallanganlar 3973
Rad etilganlar 1399
To‘lov jarayonida 237
Bekor qilingan 393
Barcha 6002

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suhandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting