Sun’iy suv obyektlaridan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma olish
Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi
+998(71) 202-47-00
Jismoniy va yuridik shaxslar
Xizmat turi:
1. Sanoat, kommunal, transport va boshqa noqishloq xoʼjaligi maqsadlarida suv obʼektlaridan foydalanuvchi yuridik/jismoniy shaxs
-Suv obʼektlaridan foydalanishning maqsadi haqida maʼlumotlar;
-Foydalaniladigan suv obʼektlarining roʼyxati;
-Loyihadagi yoki normativ-hisoblangan reja;
-Suv manba va tashlama suv resurslarining miqdori va sifati;
-Tozalash inshootlari ishi ustidan laboratoriya nazorat toʼgʼrisidagi maʼlumot;
-Suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish boʼyicha moʼljallangan tadbirlar toʼgʼrisidagi maʼlumot;
-Suv taʼminoti hamda oqova va yomgʼir suvlarini kanalizatsiyalash sxemasi.
2. Irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi
-Boʼlimlar roʼyxati, suv xoʼjaligi obʼektlarining asosiy tavsiflari, gidrotexnika inshootlarining texnik jihozlanganligi va loyihadagi quvvati;
-Sugʼoriladigan maydonda joylashtiriladigan qishloq xoʼjaligi ekinlarining turlari toʼgʼrisida maʼlumot;
-Manbalar boʼyicha suvdan foydalanuvchilarning hisob-kitob rejasi va suv olishning cheklangan hajmi;
-Havza boshqarmasi foydalanadigan kollektor-drenaj tarmogʼi suvlarining sarfi va minerallashuvi darajasi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
-Irrigatsiya tizimlari va sugʼorish tarmogʼining foydali ish koeffitsientini oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni hisobga olish tadbirlari rejasi.
3. Suv ombori (gidrouzellar)dan foydalanish boshqarmasi
-Boʼlimlar roʼyxati, suv xoʼjaligi obʼektlarining asosiy tavsiflari, gidrotexnika inshootlarining texnik jihozlanganligi va loyihadagi quvvati;
-Sugʼoriladigan maydonda joylashtiriladigan qishloq xoʼjaligi ekinlarining turlari toʼgʼrisida maʼlumot;
-Manbalar boʼyicha suvdan foydalanuvchilarning hisob-kitob rejasi va suv olishning cheklangan hajmi;
-Suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni hisobga olish tadbirlari rejasi.
4. Irrigatsiya tizimi boshqarmasi
-Suv xoʼjaligi obʼektlarining roʼyxati, ularning texnik tavsiflari;
-Xizmat koʼrsatiladigan tuman irrigatsiya boʼlimlari roʼyxati;
-Sugʼoriladigan maydonda joylashtiriladigan qishloq xoʼjaligi ekinlarining turlari toʼgʼrisidagi maʼlumot;
-Suv obʼektining foydali ish koeffitsientini hisobga olgan holda manbalar boʼyicha suvdan foydalanishning hisoblangan rejasi va suv olishning cheklangan hajmi;
-Kollektor-drenaj tarmogʼi suvlarining sarflanishi va minerallashuvi darajasi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
-Irrigatsiya tizimi va xoʼjalik sugʼorish tarmogʼining foydali ish koeffitsientini oshirish, drenaj suvlarini oqizib yuborishni kamaytirish va ularning sifatini yaxshilash tadbirlari rejasi.
5. Tuman irrigatsiya boʼlimi
-Suv xoʼjaligi obʼektlarining roʼyxati, ularning texnik tavsiflari;
-Xizmat koʼrsatiladigan suv isteʼmolchilari uyushmalarining, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining roʼyxati;
-Sugʼoriladigan maydonda joylashtiriladigan qishloq xoʼjaligi ekinlarining turlari toʼgʼrisidagi maʼlumot;
-Qishloq xoʼjaligi ekinlari zonalarining gidromodul rayonlari va sugʼorish rejimlari toʼgʼrisidagi maʼlumot;
-Manbalar boʼyicha suvdan foydalanuvchilarning hisob-kitob rejasi va suv olishning cheklangan hajmi;
-Kollektor-drenaj tarmogʼi suvlari sarfi va minerallashuvi haqidagi maʼlumotlar;
-Irrigatsiya tizimi va xoʼjalik sugʼorish tarmogʼining foydali ish koeffitsientini oshirish, drenaj suvlarini oqizib yuborishni kamaytirish tadbirlari rejasi.
6. Nasos stantsiyalari va energetika boshqarmasi
-Sugʼorish nasos stantsiyalari va sugʼorish quduqlari roʼyxati;
-Meliorativ nasos stantsiyalar va vertikal drenaj quduqlari roʼyxati;
-Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari roʼyxati;
-Manbalar boʼyicha suvdan foydalanuvchilarning hisob-kitob rejasi va suv olishning cheklangan hajmi;
-Kollektor-drenaj tarmogʼi suvlari sarfi va minerallashuvi haqidagi maʼlumotlar;
-Suv resurslarini hisobga olishni tashkil etish tadbirlari rejasi.
7. Meliorativ ekspeditsiyalar
-Meliorativ tizimlar va asosiy kollektorlar, gidrotexnika inshootlari;
-Meliorativ ekspeditsiyasi tomonidan xizmat koʼrsatiladigan suv isteʼmolchilari uyushmalari, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari roʼyxati;
-Meliorativ ekspeditsiya tomonidan xizmat koʼrsatiladigan sugʼoriladigan yerlarning meliorativ xaritasi, meliorativ holati toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
-Suv olishning va meliorativ tizimlardan kollektor-drenaj suvlari tashlamalarining cheklangan hajmlari;
-Kollektor-drenaj tarmogʼi suvlari sarfi va minerallashuvi haqidagi maʼlumotlar;
-Meliorativ tizimning ishonchliligini oshirish, yerlarning meliorativ holati monitoringi, sizot suvlari hisobini yuritish, ularning sathlarini kamaytirish tadbirlari rejasi.
8. Suv isteʼmolchilari uyushmasi
-Xizmat koʼrsatiladigan suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining, ular maydonlari kattaligi koʼrsatilgan holdagi roʼyxati;
-Sugʼoriladigan maydonda joylashtiriladigan qishloq xoʼjaligi ekinlarining turlari toʼgʼrisidagi maʼlumot;
-Sugʼorish tarmogʼining foydali ish koeffitsientini hisobga olgan holda manbalar boʼyicha suvdan foydalanishning hisoblangan rejasi va suv olishning cheklangan hajmi;
-Sugʼorish tarmogʼi foydali ish koeffitsientini oshirish, ularning texnik holatini yaxshilash, suv resurslarini hisobga olish va ulardan oqilona foydalanish, drenaj suvlari tashlamalarini qisqartirish boʼyicha tadbirlar rejasi.
13 ish kuni mobaynida
Yig'im
- Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 101250 so'm (0.27 BHM)
Umumiy statistika
Yangilari | 17 |
Jarayonda | 7 |
Tugallanganlar | 416 |
Rad etilganlar | 112 |
To‘lov jarayonida | 51 |
Bekor qilingan | 50 |
Barcha | 653 |