icon

Quvvati 20 kVtdan yuqori bo'lgan elektr energiyasi iste'molchilarining elektr qurilmalarini ishga tushirish uchun bayonnoma olish

Yuridik shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik
Yuridik shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik

1. Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari Quvvati 20 kVtdan yuqori bo‘lgan elektr energiyasi iste'molchilarining elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsat berish uchun YIDXPda so‘rovnoma to‘ldirishi kerak. Hamda davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘laydi.

2. YIDXP avtomatik tarzda So‘rovnomani quvvati 20 kVtdan yuqori bo‘lgan elektr energiyasi iste'molchilarining elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsat berish uchun «O‘zenergoinspeksiya»ga yuboradi.

3. «O‘zenergoinspeksiya» bildirishnoma tushgan kundan boshlab elektr energiyasi iste'molchilarining elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazadi.

4. «O‘zenergoinspeksiya» 3-bandda ko‘rsatilgan muddatlarda:

Elektr energiyasi iste'molchilarining elektr qurilmalarini amalga oshirilgan qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari elektr qurilmalarning tuzilishi qoidalariga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga muvofiqligini, shuningdek, kelishilgan loyiha, ijro va topshirish-qabul qilish texnik hujjatlari bilan ta'minlanganligini joylarga chiqib o‘rganishi kerak;

Elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsat berishi kerak;

Elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsatnomani YIDXP orqali qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlariga yuborishi kerak.

Call markaz: 1154

Onlayn ariza;

Iste'molchining elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan imzolangan ob'ekt elektr ta'minotining bir chiziqli sxemasi;

Qurilish-montaj tashkiloti bilan iste'molchi o‘rtasida tuzilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;

Mavjud himoya vositalari, ularning sinovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bayonnomalar, yong‘inga qarshi inventarlar, texnika xavfsizligi bo‘yicha plakatlar ro‘yxati;

Asosiy elektr qurilmalari uchun pasportlar;

Elektr qurilmalarining laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bayonnomalar;

Elektr xo‘jaligi uchun javobgar bo‘lgan shaxsning lavozimga tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruq;

Ijro sxemalari, yer osti ishlarining dalolatnomalari;

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining tezkor-dispetcherlik xizmatiga iste'molchi nomidan elektr qurilmalarini ulash va o‘chirish uchun buyurtmanoma berish huquqiga ega bo‘lgan tezkor va tezkor-ta'mirlash xodimlarining ro‘yxati (F.I.O., lavozimi, elektr xavfsizligi bo‘yicha malaka guruhi, telefon raqamlari).

3 ish kunida - kuchlanishi 1 000 Vgacha (1 kV) va 6-10 kV bo‘lgan elektr qurilmalar uchun;

5 ish kunida - kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalar uchun.


Arizani to'ldirish uchun ketadigan vaqt (daqiqa):


O‘rtacha baho

Baholashdi: 69 odam

Umumiy statistika

Yangilari 67
Jarayonda 46
Tugallanganlar 42756
Rad etilganlar 13313
To‘lov jarayonida 31
Bekor qilingan 2722
Barcha 58935

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda)

Call-center:
1242 1148

Avtorizatsiyadan o‘ting