icon

Ko'chmas mulkni hadya etish yoki ayirboshlash hamda oldi-sotdi bo'yicha murojaat yo'llash

Barcha shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik
Barcha shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik

1. Arizachi YIDXPda elektron arizani to‘ldiradi so‘ng “Notarius” AATga yuboriladi;

2. “Notarius” AAT qarzdorlik mavjudligi yoki yo‘qligini avtomatik tarzda tekshiradi;

3. “Notarius” AAT qarzdorlik mavjud bo‘lmagan taqdirda” elektron arizaga noyob raqami beriladi;

4. Ariza beruvchi hamda bitimning boshqa tomoni notarial idoraga kelish va bitimni notarial tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etiladi;

5. Notarius ma’lumotlarni Qoraqalpg‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tumandagi filialiga yuboradi.

+998 (71) 233-13-05

Yuridik va jismoniy shaxslar

-elektron arizaning noyob raqami;

-pasport yoki bitim tomonlarining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;

-ko‘chmas mulkning kadastr pasporti;

-xususiylashtirilgan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishda — ko‘chmas mulkni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslarning notarial tasdiqlangan roziligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalaridan (Toshkent shahrida — «Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi» davlat unitar korxonasidan) olingan xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma;

-agar ko‘chmas mulk birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan bo‘lsa — erning (xotinning) notarial tasdiqlangan roziligi;

-agar ko‘chmas mulkning qurilishi tugallanmagan bo‘lsa — yer uchastkasiga hamda qurilishi tugallanmagan ob’ektga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma;

-agar ko‘chmas mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa — garovga oluvchining roziligi;

-agar vasiylikdagi (homiylikdagi) shaxs nomidan vasiy (homiy) shartnoma tuzsa — vasiylik va homiylik organining roziligi;

-yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxs vakolatli organining qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuvchi kengashning qarori, buyruq va hokazolar);

-davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.


Arizani to'ldirish uchun ketadigan vaqt (daqiqa):


O‘rtacha baho

Baholashdi: 263 odam

Umumiy statistika

Yangilari 129
Jarayonda 0
Tugallanganlar 1066
Rad etilganlar 12419
To‘lov jarayonida 0
Bekor qilingan 1424
Barcha 15038

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suhandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting