icon

Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyati uchun yangi litsenziya olish

Yuridik shaxslarga ko'rsatiladi Yarimavtomatik ERI talab qilinadi

1. Ariza beruvchi YAIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi

2. Litsenziyalovchi organ hujjatlarni litsenziyalash talablari va shartlariga javob berishini o‘rganish uchun bevosita boj olinmadigan savdo do‘konini tashkil etish joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqadi, litsenziya da’vogarining litsenziyalash talablari va shartlariga mosligi to‘g‘risida ekspert xulosasini tayyorlaydi

3. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va litsenziya da’vogariga:

- litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, davlat bojini amalga oshirish to‘g‘risida;

- litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, rad etishning sabablari va litsenziya da’vogari ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan xabarnomani yuboradi.

4. Davlat boji to‘lanmagan hamda ommaviy oferta shartnomasi akseptlanmagan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi

5. Ijobiy qaror mavjudligi va litsenziya berish uchun davlat boji to‘lanib, ommaviy oferta shartnomasi akseptlangandan so‘ng QR-kod bilan himoyalangan litsenziyani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab rasmiylashtiradi va litsenziyani litsenziya da’vogariga yuboriladi

+998 (55) 502-76-00 (74-11)

+998 (55) 502-76-00 (77-12)

Lisenziya da'vogari ega bo‘lgan bo‘lgan va boj olinmaydigan savdo do‘koni sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar, ularning o‘lchamlari, hajmi va (yoki) maydoni, ular joylashgan joy, ularning jihozlanishi, videokuzatuv tizimi, asbob-uskunalar va moddiy-texnika bilan ta'minlanganligi hamda mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;

Avtomobil' va temir yo‘llar ko‘rsatilgan holda, boj olinmaydigan savdo do‘koni uchun mo‘ljallangan hudud (shuningdek, yondosh) va binolarning sifatli tarhi va chizmasi (qo‘riqlanadigan hudud, bojxona nazorati zonasi, aniq o‘lchamlari ko‘rsatilgan);

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta'minlanganligini tasdiqlovchi hujjat.

  • Yig'im

    - yuridik shaxslar uchun
  • Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 168750 so'm (0.45 BHM)

Arizani to'ldirish uchun ketadigan vaqt (daqiqa):


O‘rtacha baho

Baholashdi: 0 odam

Umumiy statistika

Yangilari 1
Jarayonda 0
Tugallanganlar 32
Rad etilganlar 23
To‘lov jarayonida 0
Bekor qilingan 4
Barcha 60

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda)

Call-center:
1242 1148

Avtorizatsiyadan o‘ting