Xo'jalik yurituvchi sub'yektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olish bo'yicha bitimlarga oldindan rozilik
1. Investor YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.
2. Mazkur so‘rovnomani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha vakolatli organ bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berish yoxud uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda qarorni QR-kod qo‘yilgan holda murojaatchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
+998 (71) 207-47-00
Jismoniy va yuridik shaxslar
1. Harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizani;
2. Jismoniy shaxs uchun — arizachining pasportiga oid ma’lumotlarni (hujjatning seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi, hujjatni bergan organ);
3. Arizachi ariza bergan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat mobaynida olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqargan va realizatsiya qilgan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
4. O‘tgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotini;
5. Shaxslar guruhining tarkibi to‘g‘risidagi, bu shaxslarning ushbu guruhga kirish asoslari ko‘rsatilgan ma’lumotlarni va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan bitimlarga taalluqli boshqa axborotni taqdim etadi.
8 ish kuni mobaynida
Yig'im
- Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 306000 so'm (0.9 BHM)
Umumiy statistika
Yangilari | 1 |
Jarayonda | 0 |
Tugallanganlar | 248 |
Rad etilganlar | 83 |
To‘lov jarayonida | 44 |
Bekor qilingan | 63 |
Barcha | 439 |