Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga ariza berish
1.Arizachi davlat xizmatini electron tarzda olish uchun YIDXPda ro’yxatdan o’tiladi.
2. So’rovnomani to’ldirib vakolatli organga yuboriladi.
3. Arizachi belgilangan muddatda ma'lumotlar yig'ish punktiga qo'l barmoq izlarini topshirish va su'ratga tushish uchun shaxsan tashrif buyuradi.
4. Xorijga chiqish biometrik pasportini olish boʼyicha fuqarolik pasporti yoki unga tenglashtirilgan hujjatni belgilangan kun va vaqtda vakolatli organga shaxsan kelib taqdim etish.
Ma’lumot o’rnida:
Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishda ma’lumotlarni yig‘ish punktiga:
harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi guvohnomasining nusxasi yoki mudofaa ishlari bo‘limining ma’lumotnomasi — harbiy xizmatga majburlar uchun;
ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning notarial tasdiqlangan roziligi — voyaga yetmaganlar uchun;
fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati — voyaga yetmaganlar uchun.
Doimiy yashash uchun xorijga chiqishda o‘z ota-onalarining va turmush o‘rtog‘ining, birgalikdagi nikohdan voyaga yetmagan bolalar bo‘lsa, sobiq turmush o‘rtog‘ining notarial tasdiqlangan roziligi, vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan hollarda — vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Jismoniy shaxslar
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ID kartasi
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida yashash ID kartasi
10 ish kuni mobaynida
- Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 270000 so'm (0.9 BHM)
Boj
- jismoniy shaxslar uchunUmumiy statistika
Yangilari | 356 |
Jarayonda | 384 |
Tugallanganlar | 13750 |
Rad etilganlar | 22063 |
To‘lov jarayonida | 0 |
Bekor qilingan | 1246 |
Barcha | 37799 |