OTMlarga qabul kvotalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili uchun:
- bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
- kunduzgi ta’lim shakliga — 76 728 nafar;
- sirtqi ta’lim shakliga — 27 365 nafar;
- kechki ta’lim shakliga — 2 575 nafar;
- masofaviy ta’lim shakliga — 3 610 nafar;
- magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 11 082 nafar;
- xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha — 100 nafar kvota ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 15-iyundan 15-iyulga qadar bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.