Eski na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi na’munadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish uchun ariza yuborish
Xizmat narxi
Eng kam ish haqining 70% miqdorida davlat boji
Natijani olish usullari
An’anaviy
Xizmatning sohaga tegishliligi
Transport
Xizmat ko‘rsatishning huquqiy asosi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi «Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi №VMQ-116-sonli Qarori
Huquqiy yangiliklarga obuna bo‘lish
Xizmat ko‘rsatish muddati
1 kun
Xizmat ko'rsatish natijasi
Yangi na’munadagi haydovchilik guvohnomasi
Xizmatni olish uchun kerakli hujjatlar
Eslatma ! Yagona portal orqali ariza yuborganingizdan so’ng Davlat xizmatlari markazlariga* borib quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz kerak:
1. Pasport;
2. Eski haydovchilik guvohnomasi va talon;
3. Davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Xizmat foydalanuvchilari
Jismoniy shaxslar
Tashkilot
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Bu qanday ishlaydi?
1. Foydalanuvchi kerakli ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda ariza formasini to‘ldiradi va arizani yuboradi;
2. Foydalanuvchi YIDXP orqali berilgan ma’lumotnoma va hujjatlarning asl nusxasi bilan 7 kun mobaynida Davlat xizmatlari markazlariga* borishi kerak;
3. Foydalanuvchi davlat xizmati uchun to‘lovini amalga oshiradi, rasmga tushadi va haydovchilik guvohnomasini oladi.