Hayotiy vaziyatlar

Ko’p bolali oila deb qanday oilaga aytiladi?

Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 41-moddasiga muvofiq, to‘rt nafar va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali oiladir. Bunda, agar to‘rt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan ko‘prog‘i ta’limning kunduzgi shaklida (o‘rta maxsus va professional, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan hamda yigirma ikki yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu oila ham ko‘p bolali oila deb hisoblanadi.

Bolaning shu onadan tug‘ilganligi (onalik) nimalarga asosan belgilanadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 60-moddasiga muvofiq, bolaning shu onadan tug‘ilganligi (onalik) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi tomonidan tibbiy muassasaning hujjatlariga ko‘ra, bola tibbiy muassasada tug‘ilmagan holda esa, boshqa dalillarga asosan belgilanadi.

Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki erining o‘limi, nikohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikoh tugaganidan so‘ng uch yuz kun ichida tug‘ilgan bolasi nikohda tug‘ilgan bola hisoblanadi.

Agar nikoh tugaganidan keyin uch yuz kun ichida bola tug‘ilsa va bu davrda ayol yangi nikohga kirgan bo‘lsa, bola yangi nikohda tug‘ilgan hisoblanadi. Bunday hollarda sobiq er yoki uning ota-onasi bolaning nasl-nasabi xususida nizolashish huquqiga ega.

Farzandimning ism va familiyasini o’zgartirmoqchiman. Bu mumkinmi?

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 70-moddasiga muvofiq, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan bola o‘n olti yoshga to‘lguncha bola manfaatlarini e’tiborga olib, uning ismini o‘zgartirishga, shuningdek unga berilgan familiyani ham otasi yoki onasining familiyasiga qarab o‘zgartirishga haqlidir.

Agar ota-ona alohida yashasa va bola bilan birga yashovchi ota (ona) bolaga o‘z familiyasini berishni xohlasa, vasiylik va homiylik organi bu masalani bolaning manfaatlarini va ona (ota)ning fikrini hisobga olgan holda hal qiladi. Ota yoki onaning turgan joyini aniqlash mumkin bo‘lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda, shuningdek ota yoki ona bolaga ta’minot berish va uni tarbiyalash majburiyatlarini bajarishdan uzrsiz sabablarga ko‘ra bo‘yin tovlagan hollarda ota yoki onaning fikrini hisobga olish shart emas.

Agar bola o‘zaro nikohda bo‘lmagan shaxslardan tug‘ilgan va otalik qonuniy tartibda belgilanmagan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlarini e’tiborga olib, uning familiyasini onaning murojaat qilgan davridagi familiyasiga almashtirish uchun ruxsat berishga haqli.

O‘n yoshga to‘lgan bolaning ismi yoki familiyasini o‘zgartirishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Qanday hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilish mumkin?

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 79-moddasiga muvofiq, ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda:

ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa;

uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘uruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;

ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa;

muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa;

o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Yaqinda nabiralik bo’ldim, lekin kelinim nabiram bilan ko’rishishga qarshilik qilyapti, nabiram bilan ko’rishish huquqim bormi?

         Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 77-moddasiga muvofiq, Bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlar bola bilan ko‘rishib turish huquqiga ega.

Ota-ona (ulardan biri) yaqin qarindoshlarning bola bilan ko‘rishishiga imkoniyat bermasalar, vasiylik va homiylik organi ota-onani (ulardan birini) bunday imkoniyat berishga majbur qilishi mumkin.

Agar ota-ona (ulardan biri) vasiylik va homiylik organining qarorini bajarmasa, bolaning yaqin qarindoshlari yoki vasiylik va homiylik organi bola bilan ko‘rishib turishga to‘sqinlik qiluvchi hollarni bartaraf qilish haqida da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Sud bolaning manfaatlarini va bolaning fikrini hisobga olgan holda nizoni hal qiladi.

Sudning hal qiluv qarori bajarilmagan taqdirda aybdor ota (ona)ga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi.

Otalikni sud tartibida belgilash haqida ma’lumot bersangiz.

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 62-moddasiga muvofiq, o‘zaro nikohda bo‘lmagan ota-onadan bola tug‘ilgan taqdirda, ota-onaning birgalikdagi arizasi yoki bola otasining arizasi bo‘lmasa, Oila kodeksining 61-moddasida ko‘rsatilgan hollarda otalik sud tartibida belgilanishi mumkin.

Otalikni sud tartibida belgilash ota-onadan birining yoki bolaning vasiysi (homiysi)ning yoxud bola kimning qaramog‘ida bo‘lsa, shu shaxsning arizasiga, shuningdek bola voyaga yetganidan keyin uning o‘zi bergan arizaga muvofiq amalga oshiriladi.

Otalikni belgilayotganda sud bolaning onasi bola tug‘ilishiga qadar javobgar bilan birga yashaganligi va umumiy ro‘zg‘or yuritganligi yoki ular bolani birgalikda tarbiyalaganliklari yoxud ta’minlab turganliklarini yoki javobgarning otalikni tan olganligini aniq tasdiqlovchi boshqa dalillarni e’tiborga oladi.

Bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan, lekin o‘zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs vafot etgan taqdirda uning otalik fakti sud tomonidan belgilanishi mumkin.

Otalikni belgilash to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin sud shu qaror nusxasini bola tug‘ilganligi ro‘yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuboradi.

Bolaning shaʻni va qadrini kamsitishi mumkin boʻlgan ism berilishiga yoʻl qoʻyiladimi?

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.11.2016-yildagi 387-son qarori.

Bolaning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, unga kelgusida uning shaʻni va qadrini kamsitishi mumkin boʻlgan ism berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bola ismiga doir kelishuv mavjud boʻlmaganda paydo boʻlgan kelishmovchilik vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.

Yaqinda farzandli boʻldim. Farzandimni tugʻilganligini qayd etish uchun qanday hujjatlar kerak?

Qarorga muvofiq, tugʻilganlikni qayd etish uchun: bola tugʻilganligi toʻgʻrisidagi tibbiy maʻlumotnomasi (tugʻilganlikni kompleks davlat xizmati sifatida qayd etish bundan mustasno), ota-onalarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (fuqarolik pasporti, xorijga chiqish pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta, harbiy xizmatchining harbiy bileti), nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi gerbli guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza yoxud nikohda boʻlmagan onaning arizasi taqdim etiladi.

Ayrim sabablarga koʻra farzandimning FHDY organi orqali tugʻilishini qayd ettira olmaganman. Hozirda farzandim 6 yoshda. Farzandimning tugʻilishini qayd etish uchun nima qilishim kerak?

Qarorga muvofiq, oʻn olti yoshgacha boʻlgan bolaning tugʻilishini qayd etish uchun FHDY organiga tugʻilishni qayd etish muddatini oʻtkazib yuborganlik sabablari koʻrsatilgan ariza bolaning ota-onasi, ota-onaning qonuniy nikohi mavjud boʻlgan hollarda ulardan biri yoki ishonchnoma asosida boshqa manfaatdor shaxs, ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxs yoxud vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari tomonidan taqdim etiladi.

Bunday hollarda FHDY organi tugʻilish faktini tasdiqlovchi hujjatga qoʻshimcha ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa hujjatlarni ham talab qiladi.

Agar tugʻilganlikni qayd etish toʻgʻrisidagi ariza belgilangan muddatdan oʻtkazilib berilgan boʻlsa, tugʻilish tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni qayd etish joriy roʻyxatga olish daftariga qayd etiladi.

Farzandimga familiya bermoqchiman, tartibini tushuntiring

Bolaning tugʻilganligini qayd etishda unga familiya ota-onasining kelishuviga koʻra ota yoki onaning familiyasi, shuningdek milliy anʻanalarga muvofiq ota yoki ona tomonidan boboning ismi boʻyicha beriladi. Kelishuv boʻlmagan taqdirda nizolar vasiylik va homiylik organi, konsullik okrugida esa — konsul tomonidan hal etiladi.

Men bola topib oldim. Bolaning tugʻilganligini qayd etish tartibi qanday?

Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilganligini qayd etish ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashgan muassasa maʻmuriyati yoki tibbiyot muassasasining arizasiga binoan amalga oshiriladi. Bolani topib olgan shaxs bu haqda yigirma toʻrt soat mobaynida ushbu tumandagi ichki ishlar organiga yoki vasiylik va homiylik organiga xabar berishi kerak.

Ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashgan muassasa yoki tibbiyot muassasasi maʻmuriyati bola topilganidan keyin yetti ish kunidan kechikmagan muddatda FHDY organlariga topib olingan (tashlab ketilgan) bolani qayd etish haqida murojaat etishlari shart.

Topib olingan (tashlab ketilgan) bola tugʻilganligini qayd etish haqidagi arizada bolaning topib olingan vaqti, joyi va topib olingan paytdagi holati, yoshi, jinsi, vazni va boʻyi haqidagi maʻlumotlar aniq koʻrsatilishi zarur.

Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga ota-onasining familiyasi, ismi va millati toʻgʻrisidagi maʻlumotlar ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashgan muassasa yoki tibbiyot muassasasi maʻmuriyatining koʻrsatmalari asosida kiritiladi. Bunday holda bolaning va uning ota-onasi sifatida koʻrsatilgan shaxslarning familiyasi bir xilda yoziladi.

Agar bolaning ota-onalari oʻrtasida nikoh qayd etilmagan boʻlsa, bolani roʻyxatga olish tartibi qanday?

Agar ota-onalari oʻrtasida nikoh qayd etilmagan boʻlsa (tugʻilishni qayd etishda onasi ishtirok etmagan taqdirda) bolaning otasi haqidagi yozuv onaning notarial yoki tibbiy muassasa tomonidan tasdiqlangan arizasi boʻyicha amalga oshiriladi.

Bunda bola otasining familiyasi tugʻilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvida onasining familiyasi boʻyicha, bola otasining ismi, ota ismi va millati onaning koʻrsatmasi boʻyicha qayd etiladi.

Ayrim sabablarga koʻra farzandim doimiy yashash joyimdan boshqa joyda tugʻildi. Farzandimni tugʻilgan joyi sifatida doimiy yashash hududimni koʻrsatsam boʻladimi?

Yoʻq, boʻlmaydi. Tugʻilishni qayd etishning barcha hollarida bola tugʻilgan maʻmuriy hudud uning tugʻilgan joyi sifatida yoziladi.

Men yaqinda farzandli boʻldim. Farzandimga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani qayerdan olaman?

Qarorga muvofiq, bolaning tugʻilishini qayd etish majburiy boʻlib, fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʻi nazar FHDY organi tomonidan amalga oshirilishi lozim.

Farzandim hozirda 16 yoshdan oshgan. Tibbiy muassasadan tashqarida va tibbiy yordamsiz tugʻilgan. Farzandimning tugʻilganligini qayd etish qanday asosda amalga oshiriladi?

Qarorga muvofiq, 16 yoshdan oshgan tibbiy muassasadan tashqarida va tibbiy yordamsiz tugʻilgan bolaga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan tugʻilganlik haqidagi maʻlumotnoma rasmiylashtirilmagan shaxslarning tugʻilganligini qayd etish sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshiriladi.

Agar bola 16 va undan katta yoshda boʻlsa va unga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan rasmiylashtirilgan tugʻilganlik haqidagi tibbiy maʻlumotnoma mavjud boʻlsa, uning tugʻilishi ota-ona yoki ulardan biri va voyaga yetgan bolaning arizasiga koʻra qayd etiladi.

Farzandimni tugʻilganligini qayd etishni tantanali vaziyatda oʻtkazmoqchiman, shu mumkinmi?

Qarorga muvofiq, Ota-onaning istagiga koʻra FHDY organi bolaning tugʻilganligini qayd etishni tantanali vaziyatda oʻtkazishi mumkin.

Farzandimga qoʻshaloq ism qoʻymoqchiman, bu boʻyicha cheklov yoʻqmi?

Bolaga ism ota-onaning roziligiga koʻra beriladi. Bolaga qoʻshaloq ism berishga yoʻl qoʻyiladi (Saidahmadxoʻja, Toʻxtamurodjon, Guliraʻno, Mirzaolim, Mirzo Ulugʻbek, Roza-Mariya).

Bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi tibbiy maʻlumotnomasida nimalar koʻrsatilishi zarur?

Bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi tibbiy maʻlumotnomasida:

onaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, tugʻilgan sanasi, millati, fuqaroligi, oilaviy ahvoli, maʻlumoti;

bolaning tugʻilgan vaqti, sanasi va joyi, jinsi, vazni, boʻyi;

homiladorlik muddati, hisob boʻyicha nechanchi homiladorlik;

bolaning tirik tugʻilganligi mezonlari (nafas olishi, yurak urishi, kindik pulsatsiyasi, muskullarning beixtiyoriy qisqarishi);

tibbiy maʻlumotnomaning berilgan vaqti, tartib raqami va tibbiyot muassasasining nomi toʻgʻrisidagi maʻlumotlar koʻrsatilishi zarur.

Voyaga yetmagan ota-ona (ulardan biri)ning tugʻilgan bolasini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi qanday?

Voyaga yetmagan ota-ona (ulardan biri)ning tugʻilgan bolasi umumiy asoslarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Bunda voyaga yetmagan ota-onaning qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organining ishtiroki talab etiladi.

Farzandimga hech qanday qoʻshimchalarsiz (-ev, ov; evich, -ovich, oʻgʻli kabi) familiya va ota ismi bermoqchiman, shu mumkinmi?

Bolaning familiyasiga “-ev”, “-ov”, “-eva”, “-ova” kabi hamda ota ismiga “-evich”, “-ovich”, “-evna”, “-ovna”, “qizi”, “oʻgʻli”, “-iy”, “-xon”, “-xoʻja”, “-xoji”, “-bek”, “-zoda”, “mir-”, “abdu-” kabi qoʻshimchalarini kiritish yoki shu kabi qoʻshimchalarni olib tashlash orqali tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilishi mumkin.

Onasi tomonidan tashlab ketilgan bolani qayd etish tartibi haqida maʻlumot bering

Onasi tomonidan tashlab ketilgan bolani qayd etish bola joylashgan tibbiyot muassasasi yoxud bola joylashgan joydagi vasiylik va homiylik organi arizasiga muvofiq, bolaning onasi tomonidan tashlab ketilganidan 7 kun oʻtmasdan amalga oshiriladi. Onasi tomonidan tashlab ketilgan bolani qayd etish uchun arizada bolaning tashlab ketilgan vaqti, joyi va tashlab ketilgan paytdagi holati, yoshi, jinsi, vazni va boʻyi haqidagi maʻlumotlar aniq koʻrsatilishi zarur.

Onasi tomonidan tashlab ketilgan bolaning familiyasi, ismi, ota ismi toʻgʻrisidagi maʻlumotlar, shuningdek ota-ona toʻgʻrisidagi maʻlumotlar tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga yuqorida koʻrsatilgan organlarning koʻrsatmasiga binoan kiritiladi. Bunday holda bolaning va uning ota-onasi sifatida koʻrsatilgan shaxslarning familiyasi bir xilda yoziladi.

Bola tugʻilgandan keyin vafot etsa, tugʻilganlik hamda oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvlari tuziladimi?

Agar bola tugʻilgandan keyin vafot etsa, hatto u bir necha daqiqa yashasa ham, tugʻilganlik hamda oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvlari tuziladi.

Bunday hollarda tugʻilish haqidagi dalolatnoma yozuvi tugʻilganlik haqidagi tibbiy maʻlumotnoma asosida, oʻlganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi esa — perinatal oʻlim haqidagi tibbiy maʻlumotnoma asosida amalga oshiriladi.

image

101

Yong'in xavfsizligi xizmati

image

102

(turistlar uchun - 1173) - Ichki ishlar organlari

image

103

Tez tibbiy yordam

image

104

Gaz avariya dispetcherlik xizmati

image

1050

Qutqaruv xizmati

Ko’p bolali oila deb qanday oilaga aytiladi?

Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 41-moddasiga muvofiq, to‘rt nafar va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali oiladir. Bunda, agar to‘rt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan ko‘prog‘i ta’limning kunduzgi shaklida (o‘rta maxsus va professional, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan hamda yigirma ikki yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu oila ham ko‘p bolali oila deb hisoblanadi.

Murojaat yuborish