Foydali ma'lumotlar

UJKX

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qarori bilan elektr energiyasi, tabiiy gazni, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha reglament tasdiqlangan.

Ushbu reglamentga muvofiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari tegishlicha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz ta’minoti tashkilotlari, suv ta’minoti yoki hududiy issiqlik ta’minoti korxonalari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 215-5-moddasiga ko‘ra davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.08.2019-yildagi 698-son qarori

HETK xodimlari hisobga olish uskunasini qiyoslashdan oʻtkazgandan keyin 3 ish kuni ichida talabgor bilan kelishilgan vaqtda talabgor ishtirokida Reglamentga muvofiq hisobga olish uskunasini oʻrnatish toʻgʻrisida uch nusxada tegishli dalolatnoma tuzgan holda tamgʻalaydi. Dalolatnomaning bir nusxasi talabgorda qoldiriladi.

Agar hisobga olish uskunalarini faqat yechish va (yoki) oʻrnatish (qiyoslashdan oʻtkazmasdan) talab etilganda HETK plomba qoʻyishni hisoblagich oʻrnatilgandan soʻng bir vaqtda amalga oshiradi.

Buning uchun “Kommunal xizmatlar” xizmatidan foydalanib, ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar balansi bilan tanishish mumkin. Boshqa uy-joyning kommunal xizmatlar uchun hisoblari holatini ko‘rish uchun shaxsiy kabinetdagi “Ko‘chmas mulk” bo‘limida kadastr raqamini kiritib, “Kommunal xizmatlar”dan foydalanganda “Boshqa uyni tanlash” opsiyasi belgilanadi. Shuningdek, onlayn to‘lov tizimlari orqali ham to‘lash imkoniyati mavjud, buning uchun tegishli kommunal xizmat qatoridagi “To‘lash” tugmasi bosiladi.

Hammasini ko'rsatish