Foydali ma'lumotlar

Ekologiya

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2022-yildagi 464-son qarori.

Quyidagilar davlat o‘rmon fondiga kirmaydi:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardagi ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek, boshqa daraxtzor va butazorlar;

temir yo‘llarning, avtomobil yo‘llarining, tabiiy va sunʼiy suv oqimlarining, suv havzalarining hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlar;

shaharlardagi hamda boshqa aholi punktlaridagi daraxtzor va butazorlar, shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish uchun ekilgan o‘simliklar;

tomorqalardagi va bog‘ uchastkalaridagi daraxtzor va butazorlar.

Qishloq xo‘jaligiga va boshqa o‘simliklar dunyosiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar karantini obyektlari kirib kelishining, tarqalishining oldini olishga hamda bunday obyektlarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmui.

Yuridik shaxslar, ularning loyiha tashkilotlari, bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlari jahon standartlariga mos va zarur madaniy ko‘ngilochar infratuzilmalariga ega golf majmualarini barpo etish loyihasini amalga oshirish doirasida:

foyda solig‘i, yer solig‘i va mol-mulk solig‘idan;

loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash fondi qismi bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovdan;

loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tovarlarni, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kirishda bojxona boji va aksiz solig‘idan ozod etiladi.

Asos (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-5781-son Farmoni, 9-band, «b» kichik bandi)

Hammasini ko'rsatish
eco-service.uz

eco-service.uz -bu O'zbekiston Respublikasi ekologik ekspertiza davlat markazi tomonidan taqdim etiladigan onlayn portal bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslar uchun ekologik ekspertizani o'tkazish bilan bog'liq turli xil elektron xizmatlarni taqdim etish uchun mo'ljallangan.

-       Faoliyat turlari bo'yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini davlat ekologik ekspertizasidan o'tkazish;

-       Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog'liq xo'jalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo'riqnoma-uslubiy hujjatlar loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan o'tkazish;

-       Yangi turdagi uskunalar, texnologiyalar, materiallar, moddalar va mahsulotlarni yaratish bilan bog'liq hujjatlarni davlat ekologik ekspertizasidan o'tkazish;

-       Tabiiy muhitga va fuqarolar salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi korxonalar va boshqa obyektlarni davlat ekologik ekspertizasidan o'tkazish;

-       Hududlarga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat zonalari va ekologik ofat zonalari maqomini berish, ularni kompleks o‘rganish uchun materiallarga davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish;

-       Shaharsozlik hujjatlarining davlat ekologik ekspertizasi.

Hammasini ko'rsatish