image

Yagona portal orqali “Eski na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborish” xizmatining ko‘rsatilish jarayonlari soddalashtirildi

20.03.2019

Endilikda, Yagona interaktiv davlvt xizmatlari portali orqali eski na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborilganda foydalanuvchilarga xizmatdan foydalanish uchun to‘lov topshiriqnomasi taqdim etiladi.

Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?
1. Yagona portal orqali ariza beriladi va bank kassalari orqali to‘lovni amalga oshiriladi;
2. Fuqarolik pasporti, eski haydovchilik guvohnomasi, talon va to‘lovlar to‘langanligi haqidagi kvitansiyaning asl nusxalari bilan tegishli Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuriladi;
3. Guvohnoma uchun Davlat xizmatlari markazida rasmga tushish (yoki rasmni jismoniy shaxslarning ma’lumotlar bazasidan olish imkoni mavjud, ya’ni guvohnomaga fuqarolik pasportidagi rasm avtomatik tarzda joylashtiriladi);
4. Shaxsiy imzo qo‘yiladi va yangi namunadagi guvohnoma olinadi.

Xizmatdan foydalanish uchun bu yerga bosing.

Barcha yangiliklar

My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs pensiyaga chiqa oladimi?

Prezident qaroriga koʻra (PQ-4742) fuqarolar belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullansa hamda oʻrnatilgan tartibda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming soʻm)da ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.

24.04.2024
My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024
Milliy sertifikat olish uchun imtihonda qanday qatnashsa boʻladi?

Buning uchun sizga my.gov.uz yordam beradi. Bosh sahifadan “Taʼlim” boʻlimiga oʻtib, “Umumtaʼlim fanlari darajasini aniqlash” xizmatini tanlang va imtihonda qatnashish uchun ariza topshiring.

14.04.2024
Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarga ruxsatnomalar yuborildi.

04.04.2024