Xizmat: Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

OneID orqali kirish
Ko'chmas mulk
Barcha shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik

Xizmat tavsifi

     Loyiha-smeta hujjatlarini kelishmasdan loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma berish taqiqlanadi.

     Mazkur xizmat quyidagilarga nisbatan qo‘llanmaydi:

  • binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash;
  • qurilish hajmi 300 kub metrdan ortiq bo‘lmagan, ishlayotgan muhandislik tarmoqlarini o‘zgartirishni talab etmaydigan, alohida holda qurilayotgan obyektlarda;
  • I murakkablik toifasidagi obyektlarni qurish;
  • yakka tartibda uy-joylar qurish.

Xizmat narxi va to`lash tartibi

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Xizmat reglamenti

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-son "Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida" qarori

Tashkilot

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari