Hayotiy vaziyatlar

Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan nafaqalar va moddiy yordam (3 yoshgacha va 18 yoshgacha bola nafaqasi)

Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi.

Moddiy yordam bola(bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta bo‘lgan oilalarga va yakka-yolg‘iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi.

Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi va ro‘yxatga olinadi.

Ariza fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan maxsus ro‘yxatga olish daftarida qayd etiladi, bunda arizaning berilgan sanasi, ariza beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash manzili ko‘rsatiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

  • ariza beruvchi va oila a’zolarining O‘zbekiston Respublikasi pasporti yoki ID-kartalari (bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ushbu hujjatlarning nusxasi olinib, asli arizachiga qaytariladi);
  • chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomalari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomalari yoki ID-kartalari hamda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida qayd varag‘i (bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ushbu hujjatlarning nusxasi olinib, asli arizachiga qaytariladi);
  • bolalari vasiylik ostida bo‘lgan taqdirda, arizaga vasiylik va homiylik organi qarorining nusxasi ilova qilinadi;
  • oilaning mavjud chorva mollari va parrandalari to‘g‘risida quyidagi shakl bo‘yicha ma’lumot;

ariza beruvchi va uning oila a’zolari nomidagi tijorat banki hisobvaraqlaridagi mablag‘ qoldiqlari va ariza berilgan oydan oldingi 3 oy mobaynida ularning nomiga o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari yuzasidan ma’lumotlarni Markaziy bank tomonidan «YAgona reyestr» ATga taqdim etish to‘g‘risida oilada birga yashovchi 18 yosh va undan katta yoshdagi muomalaga layoqatli barcha oila a’zolari imzolari bilan tasdiqlangan ariza.

Men yoshga doir nafaqa olmoqchi edim. Yoshga doir nafaqa tayinlanish yoshi haqida ma’lumot bering.

Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2023-yildagi 119-son qarori.

Qarorga muvofiq, yoshga doir nafaqa bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga — 55 yosh, ayollarga — 60 yosh va erkaklarga — 65 yoshga yetganda tayinlanadi.

Pensiyaning qanday turlari bor?

O'zbekistonda pensiyaning uchta turi mavjud. Bular:

- yoshga doir pensiya

- nogironlik pensiyasi 

;

- boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi.

Yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo'lgan taqdirda, ayollar esa 55 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo'lgan taqdirda ega bo'ladilar.

Nogironlik pensiyalari belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari  tomonidan I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.

Shaxs vafot etsa uning qaramog'ida bo'lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a'zolari boquvchisini yo'qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega bo'ladi. 

;

Yoshga doir nafaqani olish uchun qanday hujjatlarni taqdim etish kerak?

Pensiya tayinlashda taqdim etiladigan hujjatlar:

- ish stajini, xamda maxsus ish stajini tasdiqlovchi hujjat:

- ish haqi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma

;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102 son  «Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq 

;

2023 yil 1 yanvardan boshlab:

davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy ta'lim muassasalaridagi o‘qish hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi. 

;

Bunda, pensiyaga chiqish huquqi paydo bo‘lgan chog‘ida ishlamaydigan fuqarolarga o‘zlarining mehnat daftarchalaridagi mehnat staji to‘g‘risidagi ma'lumotlarni Bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilish orqali «Yagona mehnat milliy tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi o‘rinlarda — YaMMT IDAK)ga kiritish xizmati joriy etiladi

;

davlat pensiyalarini tayinlash YaMMT IDAKga kiritilgan elektron ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi. Bunda, mehnat staji, ish haqi, oliy ta'lim muassasalaridagi o‘qish hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlar Pensiya jamg‘armasi tomonidan YaMMT IDAKdan foydalangan holda elektron ma'lumotlar almashinuvi asosida olinadi

;

davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikasiya ID-kartasi talab etiladi.

;

;

;

Ish stajini tasdiqlash tartibi qanday?

“Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 42-moddasiga asosan:

Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.

2005 yil 1 yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi (elektron mehnat daftarchasidagi) mavjud yozuvlar asosida, tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi.

Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) yoki unda tegishli yozuvlar mavjud bo‘lmagan taqdirda ish stajini tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 fevraldagi  Farmoni, 03.02.2021 yildagi PF-6155-son Farmoni 10-bandiga asosan pensiya va nafaqalarni tayinlashda fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida quyidagi tartib o‘rnatilishi belgilangan, unga muvofiq 2021 yil 1 iyundan boshlab:

pensiyalarni tayinlashda shaxsning ish haqi va mehnat staji to‘g‘risidagi ma'lumotlarning elektron bazasi yuritilmagan davr — 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi

;

uch yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish hamda ular bo‘yicha aniqlangan ortiqcha to‘lovni undirish bekor qilinadi

;

ishlovchi fuqarolar tomonidan ishlamaydigan turmush o‘rtoqlari kelgusida pensiya ta'minotiga ega bo‘lishlari uchun o‘z daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi beriladi

;

pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga ko‘ra ro‘yxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi.

Ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar boʼlmaganda nima qilish kerak?

Ish haqini guvohlar koʼrsatmasi asosida aniqlashga yoʼl qoʼyilmaydi. Lavozim maoshlari shtat jadvalidan koʼchirmalar va jamoat tashkilotlarining aʼzolik biletlari haqiqiy ish haqini tasdiqlaydigan hujjat oʼrnini bosa olmaydi. Ish haqi toʼgʼrisida arxiv maʼlumotlari mavjud boʼlmaganda ish haqi miqdorini aniqlash:

2005 yildan keyingi davr uchun — jamgʼarilib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar

;

2016 yildan keyingi davr uchun — Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasiga oʼtkazilgan sugʼurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reestri maʼlumotlari

;

2019 yildan keyingi davr uchun — fuqarolarning ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reestri maʼlumotlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Ish haqi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar qisman mavjud boʼlmagan hollarda mavjud boʼlmagan davrlar uchun ish haqini aniqlash uchun mintaqaviy koeffitsient hisobga olinmasdan, qonun hujjatlarida tegishli davrlar uchun belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorlari qabul qilinadi.

Men zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqaroman. 2023-yil 1-avgustdan boshlab zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori oshirilipti. Shu haqida maʻlumot bersangiz.

Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.07.2023-yildagi PF-120-son farmoni.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.07.2023-yildagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-120-son farmoniga muvofiq, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini taʻminlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda pensiya va nafaqalar miqdorlari rasman belgilangan eng kam isteʻmol xarajatlaridan oz boʻlmasligini taʻminlash maqsadida 2023-yil 1-avgustdan boshlab zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 568 000 soʻm etib belgilandi.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha boʻlgan farzandim bor. Joriy yilning 1-avgustidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori oshdimi?

Ha oshdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.07.2023-yildagi PF-120-son farmoniga muvofiq, 2023-yil -avgustdan boshlab oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 568 000 soʻm etib belgilandi.

Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi va pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʻzosi uchun nafaqa miqdorida ham oʻzgarish boʻldimi?

Ha oʻzgarish boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.07.2023-yildagi PF-120-son farmoniga muvofiq, 2023-yil 1-avgustdan boshlab boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʻzosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 568 000 soʻm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʻzosi uchun — 198 000 soʻm etib, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʻzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 568 000 soʻm etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʻzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanishi belgilandi.

Yaqinda pensiyaga chiqaman. Pensiya olish huquqim Konstitutsiyada mustahkamlanganmi?

Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

Ha mustahkamlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida, har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo‘qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot huquqiga egaligi, qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.

Pensiyani qayta hisoblash qanday amalga oshiriladi?

Pensioner pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos paydo boʼlgan taqdirda pensiyaning tayinlangan turi miqdorini qayta hisoblab chiqish toʼgʼrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Quyidagi holatlar tayinlangan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos boʼlib xizmat qiladi:

a) pensioner tomonidan pensiya hujjatlar yigʼmajildida mavjud boʼlmagan va pensiya miqdoriga taʼsir koʼrsatadigan qoʼshimcha hujjatlar taqdim etilishi

;

b) nogironlik guruhining oʼzgarishi

;

v) boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasini oluvchi oila aʼzolari sonining oʼzgarishi

;

g) ustama haq olish huquqining paydo boʼlishi

;

d) eng kam oylik ish haqi miqdorining oʼzgarishi

;

ye) daromadlarning indeksatsiya qilinishi.

Ish haqiga mintaqaviy koeffitsientlar belgilangan tumanlarda (shaharlarda) ishlagan shaxsga pensiyalarni qayta hisoblashda mintaqaviy koeffitsient hisobga olingan holda hisoblab chiqilgan amaldagi ish haqi hisobga olinadi.

Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun qayta hisoblab chiqish huquqi paydo boʼlgandan keyin istalgan vaqtda murojaat qilishlari mumkin.

Pensiya miqdorini qayta hisoblash toʼgʼrisidagi ariza pensioner yashaydigan joy boʼyicha Pensiya jamgʼarmasi boʼlimiga beriladi.

Oilaning voyaga yetmagan aʼzosi (boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi) yoki belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz deb eʼtirof etilgan shaxsning nomidan pensiya miqdorini qayta hisoblash toʼgʼrisidagi ariza uning ota-onasi yoki qonuniy vakili yashaydigan joy boʼyicha Pensiya jamgʼarmasi boʼlimiga berilishi mumkin.

Pensiya jamgʼarmasi boʼlimi pensiya miqdorini qayta hisoblash toʼgʼrisidagi masalani shaxs tegishli ariza bilan murojaat qilganda koʼrib chiqadi.

Pensiya jamgʼarmasi boʼlimi nogironlik guruhi oʼzgarganligi munosabati bilan pensiya miqdorini qayta hisoblashda TMEKdan olingan nogironlik toʼgʼrisidagi maʼlumotnomaning tegishli qismini pensionerning pensiya hujjatlar yigʼmajildiga ilova qiladi.

Eng kam oylik ish haqining miqdori oʼzgarganda va nogironlik guruhi oʼzgarganda,  tayinlangan pensiya miqdori kamayishiga olib kelgan holatlar yuz berganda pensiya miqdorini qayta hisoblash toʼgʼrisida ariza berish talab qilinmaydi:

Pensiya miqdorini qayta hisoblash toʼgʼrisidagi ariza Pensiya jamgʼarmasi boʼlimi tomonidan besh kun muddatda koʼrib chiqiladi.

Pensiya miqdori kamayishiga olib kelgan holatlar yuz berganda qayta hisoblash ushbu holatlar boshlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.

Ishlovchi pensionerga pensiya qanday toʼlanadi?

Ishlab turgan pensionerga pensiya toʼlash, ish vaqtining qancha davom etishidan, tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklidan, shuningdek, shartnomaning xususiyati va turidan qatʼi nazar, ish joyi boʼyicha toʼliq miqdorda toʼlanadi. Oʼrindoshlik asosida ishlovchi pensionerlarga pensiya asosiy ish joyidan toʼlanadi.

Ish joyidan pensiya toʼlovi oʼtgan oy uchun oylik ish haqining ikkinchi qismi toʼlovlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Pensiyalar alohida vedomostlar orqali toʼlanadi.

Pensiya toʼlovi ish joyi orqali amalga oshirilishi uchun pensionerning yashash joyidagi Pensiya jamgʼarmasining tuman (shahar) boʼlimlari tomonidan ish beruvchiga axborot tizimi orqali yuborilgan elektron yoki yozma shakldagi F-25 toʼlov topshiriqnomasi asos boʼlib hisoblanadi.

Mavsumiy ishlovchilarning pensiyasi qanday hisoblanadi

Sanoatning mavsumiy tarmoqlariga oid korxonalar va tashkilotlarda band boʼlgan xodimlarning toʼliq mavsum mobaynidagi ishi bir yil ishlagan deb, toʼliq mavsum davomida ishlamagan boʼlsa, haqiqiy ishlagan davri hisobga olinadi.

Toʼliq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga oʼtadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari roʼyxati quyidagilardir:

1. Paxta tozalash sanoati korxonalaridagi ishlar:

a) paxtani quritish

;

b) paxtani tozalash

;

v) paxtani yuklash, tushirish

;

g) paxtani pnevmotransportga ortish

;

d) quritish-tozalash sexini yigʼishtirish va isitish, ishlab chiqarish chiqindilarini chiqarib tashlash.

2. Sanoatning qand-shakar va konserva ishlab chiqarish tarmoqlari korxonalaridagi ishlar.

3. Ipakchilik tarmogʼi korxonalari va fermer xoʼjaliklaridagi ishlar:

a) tut urugʼi tayyorlash

;

b) tut nihollari va tut koʼchatlari yetishtirish

;

v) tut ipak qurti urugʼlarini inkubatoriyalarda jonlantirish

;

g) tut ipak qurti parvarishlash

;

d) tirik va quriq pillani saralash

;

ye) tirik pillani quritish

;

j) pillani qoʼl kuchi yordamida tashish

;

z) pilladan namunalar olish (laboratoriyada saralash uchun)

;

i) urugʼchilik korxonalarida kapalaklarni jinslarga ajratish

;

k) tut ipak qurti urugʼlarini mikrotahlildan oʼtkazish

;

l) tut ipak qurti urugʼlariga ishlov berish

;

m) tut ipak qurti urugʼlarini qishlash davridagi ishlar

;

n) tut ipak qurti urugʼlarini qadoqlash va yorliqlash.

Mavsumiy ishlarda band boʼlgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʼrtacha oylik ish haqi, ishdagi mavjud tanaffuslardan qatʼi nazar, mehnat faoliyatining oxirgi oʼn yili davomidagi istalgan ketma-ket besh mavsumdagi (pensiya soʼrab murojaat etgan kishining tanlovi boʼyicha) qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga boʼlish yoʼli bilan aniqlanadi.

Xarbiy xizmatchilarning pensiyasi qanday rasmiylashtiriladi?

Harbiy xizmatchilarni, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʼlgan shaxslarni, sudьyalarni va prokuratura organlarining darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega boʼlgan xodimlarini, shuningdek ularning oila aʼzolarini pensiya bilan taʼminlash shartlari, normalari va tartibi maxsus qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qanday hollarda pensiya miqdori qayta hisoblanmaydi?

Ish staji va pensiya tayinlangandan keyin ega boʼlingan (olingan) ish haqi hisobga olingan holda pensiya miqdorini qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.

Umumiy belgilangan yosh kamaytirilgan holda yoshga doir pensiya tayinlangan shaxsga u umumiy belgilangan yoshga toʼlganligi munosabati bilan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqilmaydi.

Imtiyozli pensiya qanday rasmiylashtiriladi?

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan roʼyxatlarga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega boʼladilar, chunonchi:

Yoshidan qatʼi nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli roʼyxati

;

Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʼrsatkichlarning 2-sonli roʼyxati

;

Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va koʼrsatkichlarning 3-sonli roʼyxati.

Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega.

Yoshidan qatʼi nazar, quyidagilar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega boʼladilar:

a) kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari boʼlgan xodimlar-basharti, ular ana shu ishlarda kamida 20 yil ishlagan boʼlsalar (1-sonli roʼyxat, I qism)

;

b) bevosita yer osti va ochiq kon ishlarida (shu jumladan, kon-qutqaruv qismlarining shaxsiy tarkibi) koʼmir, maʼdanlar va boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida toʼliq ish kuni davomida band boʼlgan xodimlar-basharti, ular ana shu ishlarda kamida 25 yil ishlagan boʼlsalar (1-sonli roʼyxat, II qism)

;

v) uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, ular xizmat qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning idoraviy boʼysunuvidan qatʼi nazar, belgilangan xizmat muddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25 yil va ayollar kamida 20 yil ado etganlari taqdirda (1-sonli roʼyxat, III qism).

Yuqorida qayd etib oʼtilgan xodimlar salomatligiga (kasalligiga) koʼra uchish ishlaridan boʼshatilgan taqdirda, belgilangan xizmat muddatini-erkaklar kamida 20 yil va ayollar kamida 15 yil ado etgan boʼlsalar

;

g) teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari:

ijodiy ish staji kamida 20 yil boʼlganda (1-sonli roʼyxat, IV qism)

;

ijodiy ish staji kamida 25 yil boʼlganda (1-sonli roʼyxat, V qism)

;

ijodiy ish staji kamida 30 yil boʼlganda (1-sonli roʼyxat,VI qism)

;

d) sportchilarning ayrim toifalari-ish staji kamida 20 yil boʼlganda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga asosan quyidagi holatlarda nodavlat taʼlim faoliyatini amalga oshirish boʻyicha litsenziya qayta rasmiylashtiriladi: litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda yoki litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganda; litsenziat taʼlim faoliyatini olib borish manzili oʻzgarsa, qoʻshimcha manzilda faoliyat olib borsa, qoʻshimcha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha faoliyat olib bormoqchi boʻlganda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga asosan quyidagi holatlarda nodavlat taʼlim faoliyatini amalga oshirish boʻyicha litsenziya qayta rasmiylashtiriladi:

litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda yoki litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganda

;

litsenziat taʼlim faoliyatini olib borish manzili oʻzgarsa, qoʻshimcha manzilda faoliyat olib borsa, qoʻshimcha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha faoliyat olib bormoqchi boʻlganda.

Staj yetarli boʼlmaganda ham pensiya tayinlanishi mumkinmi?

Staj yetarli boʼlmaganda ham pensiya tayinlanishi mumkin. Ish staji toʼliq boʼlmagan chogʼdagi pensiyalar bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.

Ish staji toʼliq boʼlmagan chogʼdagi pensiyalar:

yoshga doir pensiyalar uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan

;

I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan

;

II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 75 foizidan

;

III guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun-eng kam oylik ish haqining 30 foizidan

;

oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosiga boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan

;

ham otasi, ham onasidan judo boʼlgan (chin yetim) har bir bolaga boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam boʼlmasligi lozim.

Pensiyani bir turidan boshqa turiga oʼzgartirish mumkinmi?

Pensiyalarning bir turini olgan pensioner pensiyaning boshqa turiga oʼtkazish toʼgʼrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʼtkazishda tayinlangan pensiyani toʼlash toʼxtatiladi va belgilangan tartibda boshqa turdagi pensiya tayinlanadi.

Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʼtkazish toʼgʼrisidagi ariza pensionerning yashash joyi boʼyicha Pensiya jamgʼarmasi boʼlimiga beriladi.

Shaxsning arizasi Pensiya jamgʼarmasining axborot tizimida roʼyxatdan oʼtkaziladi. Pensiya jamgʼarmasi boʼlimi tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana koʼrsatilgan tilxat, shuningdek yetishmaydigan hujjatlar roʼyxati beriladi.

Аrizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

ariza berilgan paytdan mehnat faoliyatining oxirgi oʼn yili mobaynida istalgan ketma-ket besh yildagi ish haqi toʼgʼrisida maʼlumotnoma

;

ariza berilgan pensiya turini tayinlash uchun talab qilinadigan hujjatlar, agar ushbu hujjatlar pensiyaning olinadigan turi boʼyicha rasmiylashtirilgan pensiya hujjatlar yigʼmajildida mavjud boʼlmasa.

Bundan tashqari, zarur hollarda, boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi oluvchi oila aʼzolari soni oʼzgarishini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etiladi.

Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʼtkazish toʼgʼrisidagi ariza Pensiya jamgʼarmasi boʼlimi tomonidan oʼn kun muddatda koʼrib chiqilishi kerak.

Yoshga doir pensiyani nogironlik pensiyasiga oʼtkazishda yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ega boʼlingan ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi hamda nogironlik pensiyasini hisoblash uchun oʼrtacha oylik ish haqi ilgari yoshga doir pensiyani tayinlashdan oldingi ishning oxirgi oʼn yilidan kelib chiqqan holda, nogironlik pensiyasini tayinlash vaqtida amalda boʼlgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan pensiyani hisoblash uchun ish haqi va ish stajini hisoblash shartlari qoʼllangan holda aniqlanadi.

Pensiyaning bir turidan boshqa turiga oʼtkazish rad etilgan taqdirda Pensiya jamgʼarmasi boʼlimi tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay rad etish sabablari, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi koʼrsatilgan holda rad etish 

;

toʼgʼrisida pensionerga xabarnomani berishi yoki yuborishi shart va bir vaqtning oʼzida pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʼtkazish uchun taqdim etilgan barcha hujjatlarning asl nusxalarini hujjatlar olinganligi toʼgʼrisidagi tilxat bilan pensionerning qoʼliga qaytarishi kerak.

Pensiya jamgʼarmasi boʼlimi tomonidan pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʼtkazish toʼgʼrisida qaror qabul qilingandan keyin pensiyaning boshqa turini toʼlash pensioner barcha zarur hujjatlar bilan birga tegishli ariza bilan murojaat qilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlanadi.

Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʼtgan pensionerlarga yangi pensiya guvohnomasi yoziladi.

Migrantlarning pensiya qanday rasmiylashtiriladi?

Chet elda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga koʼra mehnat stajiga qoʼshiladi:

2019 yil 1 yanvarga qadar boʼlgan davr uchun - Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasiga sugʼurta badallari toʼlangan taqdirda

;

2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun - yagona ijtimoiy toʼlov toʼlangan taqdirda.

Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarining yollanma (bitim) asosda chet elda ishlaganligi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organlar mehnat daftarchasiga kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi.

Chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarga chet eldagi ishi Oʼzbekiston Respublikasida ishlanganiga toʼgʼri keladigan stajning 1/3 hissasidan oshmagan miqdorda stajga qoʼshiladi.

Pensiya olishda ish staji qanday hisoblanadi?

Yoshga doir pensiyani olish uchun fuqaroning ish staji inobatga olinadi. Pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga quyidagilar qoʼshib hisoblanadi:

a) xodim davlat tomonidan ijtimoiy sugʼurtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u:

2019 yil 1 yanvarga qadar boʼlgan davr uchun — Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasiga sugʼurta badallari toʼlagan

;

2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq toʼlash tarzidagi daromadlar hisoblangan boʼlsa.

1965 yilgacha boʼlgan davrda jamoa xoʼjaligidagi ish stajini hisoblab chiqishda, ushbu yildagi mehnat bilan qatnashish kunlari sonidan qatʼi nazar, har bir ishlab berilgan yil ish stajiga bir kalendarь yil sifatida qabul qilinadi.

1965 yildan keyingi davr uchun jamoa xoʼjaligidagi ish stajini hisoblab chiqishda, agar jamoa xoʼjaligi aʼzosi uzrsiz sabablarga koʼra jamoa xoʼjaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan boʼlsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi. Аgar jamoa xoʼjaligi aʼzosi jamoa xoʼjaligida mehnatda ishtirok etishning belgilangan minimumini jamoa xoʼjaligi aʼzolari tarkibiga qabul qilish (chiqish) yilida bajargan boʼlsa, u holda uning ish staji jamoa xoʼjaligi aʼzolari tarkibiga qabul qilingan sanadan boshlab (chiqish sanasigacha) qabul qilinadi.

Jamoa xoʼjaligida mehnatda ishtirok etishning belgilangan minimumini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʼlmasa, mehnatning amaldagi davomiyligi boʼyicha ish vaqti olti kunlik ish haftasidan kelib chiqib hisobga olinadi.

Ijodiy faoliyat bilan mashgʼul boʼlgan ijodiy uyushmalar aʼzolariga 1991 yil 1 yanvargacha ish staji agar ana shu muallifning asari birinchi marta eʼlon qilingan yoki jamoat oldida ijro etilgan (namoyish etilgan) kundan eʼtiboran, 1991 yil 1 yanvardan boshlab esa — ular faqat Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasiga sugʼurta badallari toʼlagan boʼlsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari tomonidan belgilanadi.

Ish stajiga, oʼtgan davr uchun biryoʼla qoʼshib hisoblash (toʼlash)dan qatʼi nazar, uning uchun:

2019 yil 1 yanvarga qadar boʼlgan davr uchun — sugʼurta badallari

;

2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʼlov toʼlangan oylar qabul qilinadi, dehqon xoʼjaliklari aʼzolari hamda qoramol yetishtirish hamda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʼjaliklarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish, shuningdek, shaxsiy yordamchi xoʼjaliklarda qishloq xoʼjalik mahsulotlarining boshqa turlarini (oʼsimlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlarini) yetishtirish bilan band boʼlgan shaxslar bundan mustasno

;

b) harbiy xizmat (shu jumladan safarbarlik chaqirigʼi rezervidagi harbiy xizmat) va partizanlar otryadlari va qoʼshilmalarida boʼlish, davlat xavfsizligi organlaridagi va ichki ishlar organlaridagi xizmat

;

v) harbiylashtirilgan soqchilikda, maxsus aloqa organlarida va idoraviy boʼysunuvidan qatʼi nazar, kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat

;

g) Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasiga sugʼurta badallari toʼlagan boʼlsa, yakka tartibdagi mehnat faoliyati yoki qoramol yetishtirish hamda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʼjaliklarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish boʼyicha faoliyat

;

d) qarab turish vaqti:

I guruh nogironiga yoki 16 yoshgacha nogiron bolaga qarab turish

;

oʼzgalarning parvarishiga muhtoj boʼlgan qariyalarga qarab turilgan vaqt — 80 yoshga toʼlgan qariya oʼzganing parvarishiga muhtoj boʼlgan davr.

Bunda I guruh nogironini yoki 16 yoshgacha nogiron bolani, shuningdek oʼzgalarning parvarishiga muhtoj boʼlgan 80 yoshga toʼlgan keksaga qarab turish vaqti pensiya tayinlash uchun zarur boʼlgan ish stajiga faqat qarab turgan va qarab turishga muhtoj boʼlgan shaxs bilan birga yashagan shaxslardan biriga qoʼshib hisoblanadi

;

ye) oliy taʼlim muassasalarida (shu jumladan ularda oʼqish harbiy xizmatga tenglashtiriladigan harbiy taʼlim muassasalarida), aspiranturada (stajyorlar-tadqiqotchilar-izlanuvchilar institutida), doktoranturada (katta ilmiy xodimlar — izlanuvchilar institutida) va klinik ordinaturada tayanch doktoranturada va doktoranturada (oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida) kunduzgi oʼqish, shu jumladan chet elda oʼqish

;

j) bola 3 yoshga toʼlgunga qadar, bolani parvarishlash taʼtillarida boʼlish vaqti, biroq jami koʼpi bilan 3 yil.

Misol: Аgar 30 yillik mehnat stajiga ega boʼlgan ishlayotgan ayol ish stajining 8 yili mobaynida jami 3 bolani parvarishlash taʼtillarida boʼlgan boʼlsa, u holda pensiya tayinlash uchun ish stajini hisoblashda unga jami 25 yil ish staji hisoblanadi (30 yil — 8 yil + 3 yil = 25 yil).

Bolani parvarishlash taʼtilida boʼlish davri (shu jumladan puli toʼlanadigan taʼtilda boʼlish) yoshga doir imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga qoʼshilmaydi

;

z) ofitserlar tarkibidan boʼlgan shaxslarning, praporshchiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni ishga 

;

joylashtirish imkoniyati boʼlmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, biroq koʼpi bilan 10 yil.

i) Oʼzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda boʼlgan, lekin 10 yildan oshmagan davr.

pensiya hisoblagichi

image

101

Yong'in xavfsizligi xizmati

image

102

(turistlar uchun - 1173) - Ichki ishlar organlari

image

103

Tez tibbiy yordam

image

104

Gaz avariya dispetcherlik xizmati

image

1050

Qutqaruv xizmati

Murojaat yuborish
image

Men yoshga doir nafaqa olmoqchi edim. Yoshga doir nafaqa tayinlanish yoshi haqida ma’lumot bering.

Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2023-yildagi 119-son qarori.

Qarorga muvofiq, yoshga doir nafaqa bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga — 55 yosh, ayollarga — 60 yosh va erkaklarga — 65 yoshga yetganda tayinlanadi.

Murojaat yuborish
image

Pensiyaning qanday turlari bor?

O'zbekistonda pensiyaning uchta turi mavjud. Bular:

- yoshga doir pensiya

- nogironlik pensiyasi 

;

- boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi.

Yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo'lgan taqdirda, ayollar esa 55 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo'lgan taqdirda ega bo'ladilar.

Nogironlik pensiyalari belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari  tomonidan I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.

Shaxs vafot etsa uning qaramog'ida bo'lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a'zolari boquvchisini yo'qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega bo'ladi. 

; Murojaat yuborish