- Men hozirda viloyatda yashayman. Propiskamni Toshkent shahriga ko’chirmoqchiman. Konstitutsiyada bu haqida nima deyilgan?
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskani qanday qilib olish mumkin?
- Yashash joyi boʼyicha vaqtincha roʼyxatga qoʼyish qanday amalga oshiriladi?
- Doimiy propiska bekor boʼlishi mumkinmi?
- Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda doimiy propiskani qanday qilib olish mumkin?
Men hozirda viloyatda yashayman. Propiskamni Toshkent shahriga ko’chirmoqchiman. Konstitutsiyada bu haqida nima deyilgan?
Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasiga muvofiq, Qonuniy asoslarda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan har kim mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno deyilgan.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskani qanday qilib olish mumkin?
Oʼzbekiston Respublikasining qonuni bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʼlgan shaxslar — Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʼyxati tasdiqlangan. Bular quyidagilardir:
1. Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) — xususiy mulk qilib olingan uy-joyga.
2. Qarindoshlar — oʼzlarining toʼgʼri shajara boʼyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
3. Vasiylik va homiylikdagi shaxslar — vasiy (homiy) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
4. Ota-onasi boʼlmagan voyaga yetmagan tugʼishgan aka-uka va opa-singillar, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz boʼlgan hamda oʼz oilasi boʼlmagan voyaga yetgan tugʼishgan aka-uka va opa-singillar — oʼzlarining tugʼishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
5. Er (xotin) — xotini (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga, basharti kamida bir yil birgalikda yashayotgan boʼlsa. Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinganidan soʼng bir yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda, er (xotin) Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida olingan doimiy propiskani yoʼqotadi.
6. Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʼlgan fuqarolar — ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzil boʼyicha doimiy propiska qilinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.
7. Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʼlgan fuqarolar — ular Toshkent viloyatida boshqa manzil boʼyicha doimiy propiska qilinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.
8. Ilgari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolar — oʼqishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelganida.
9. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolar, shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʼz oilasi boʼlmagan farzandlari) — mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga.
10. Qonun hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylangan fuqarolar, shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʼz oilasi boʼlmagan farzandlari) — mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga.
11. Davlat hokimiyati organlariga, davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga koʼra, shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʼz oilasi boʼlmagan farzandlari) — mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga.
12. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 sentyabrdagi PQ-694-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomga muvofiq uy-joy bilan taʼminlangan harbiy xizmatchilar, shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʼz oilasi boʼlmagan farzandlari).
Yashash joyi boʼyicha vaqtincha roʼyxatga qoʼyish qanday amalga oshiriladi?
Fuqaroni viloyatda turgan joyi boʼyicha hisobga olish fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan besh kundan bir yil muddatga amalga oshiriladi. Doimiy propiskaning yoʼqligi turgan joyi boʼyicha hisobga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Viloyatlarga besh kundan ortiq boʼlmagan muddatga kelgan fuqarolar hisobga olinmaydi.
Viloyatlardagi mehmonxonalarga, davolash muassasalariga, sanatoriylar, dam olish uylariga va shunga oʼxshash boshqa muassasalarga kelgan fuqarolarni hisobga olish ushbu muassasalarning maʼmuriyati tomonidan, ular kelganlaridan keyin ularning bu yerda boʼlish muddatidan va kelishining davriyligidan qatʼi nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Viloyatda hisobga turish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab besh kun muddatda oʼzi vaqtincha turgan joydagi MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
belgilangan shakldagi ariza
;pasport
;kontrakt boʼyicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun)
;tugʼilganlik toʼgʼrisidagi guvohnoma va 35 x 45 mm oʼlchamdagi ikkita rasm — 16 yoshga toʼlmagan shaxslar uchun
;uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish toʼgʼrisidagi arizasi (roziligi)
;uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi)
;belgilangan miqdorda davlat boji toʼlanganligi toʼgʼrisidagi kvitantsiya.
MvaFRB inspektori ariza roʼyxatdan oʼtkazilgandan, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlar oʼrganib chiqilgandan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin oʼsha kunning oʼzida ariza beruvchiga belgilangan shaklda turgan joyida hisobga olish toʼgʼrisida fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatga qayd varagʼi yoki BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varagʼini beradi.
Hisobga olish toʼgʼrisidagi qayd varagʼi qatʼiy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi. Hisobga olish toʼgʼrisidagi qayd varagʼi hamda BARE-CODE* bilan himoyalangan qayd varagʼi fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tugʼilganlik toʼgʼrisidagi guvohnoma (16 yoshga toʼlmagan shaxslar uchun) koʼrsatilgan taqdirda unda koʼrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
Hisobga olish toʼgʼrisidagi qayd varagʼi Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan «Davlat belgisi» davlat ishlab chiqarish birlashmasida yagona namuna boʼyicha tayyorlanadi
;Аriza beruvchining pasportiga va turar joyning uy daftariga (propiska kartochkasiga) hisobga olish toʼgʼrisida belgi qoʼyilmaydi.
Viloyatda hisobga qoʼyilgan fuqaro hisobga olish joyida yashashi shart.
Taʼlim muassasalariga oʼqishga kelgan fuqarolarni MvaFRB inspektori tomonidan hisobga olish turar joyi (uy-joy maydoni) boʼyicha amalga oshiriladi.
Oʼqish viloyatdan tashqarida joylashgan boshqa taʼlim muassasasiga koʼchirilgan, fuqaro akademik taʼtil olgan yoki taʼlim muassasasidan oʼqishdan chetlatilgan taqdirda ushbu muassasalar rahbariyati tegishli qaror qabul qilingan kunda bu haqda fuqaroni vaqtincha turgan joyida hisobga olishni rasmiylashtirgan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimini xabardor qiladi.
Taʼlim muassasasi rahbariyatining bildirishnomasi asosida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimi hisobga olishni bekor qiladi.
Quyidagilar:
viloyatda hisobga olish joyi boʼyicha turgan vaqtida muntazam ravishda huquqbuzarliklar sodir etilishi
;shaxsning viloyatda bundan buyon boʼlishi jamoat tartibi buzilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi
;hujjatlarda notoʼgʼri maʼlumotlarning mavjudligi hisobga olishni rasmiylashtirish rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Fuqarolarning hisobda turishi rad etilgan taqdirda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimi inspektori tomonidan xulosa tuziladi, ushbu xulosa migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimi boshligʼi tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari koʼrsatilgan boʼlishi kerak.
Hisobda turishni rasmiylashtirish rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
Hisobga olish toʼgʼrisidagi qayd varagʼi yoʼqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda fuqaro tegishli MvaFRBga oʼz shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda qayd varagʼi yoʼqolishi yoki yaroqsiz holga kelishi holatlarini koʼrsatib, hisobga olish toʼgʼrisidagi qayd varagʼining dublikati rasmiylashtirilishi toʼgʼrisidagi arizani taqdim etadi.
MvaFRB inspektori koʼrsatilgan turgan joyda ushbu fuqaroning hisobga olinishi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar mavjudligini tekshiradi. Ular tasdiqlangan taqdirda ariza beruvchiga oʼsha kunning oʼzida hisobga olish toʼgʼrisidagi qayd varagʼining dublikati rasmiylashtiriladi.
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimi inspektori ariza beruvchiga hisobga olish toʼgʼrisidagi qayd varagʼi bergandan keyin hisobga qoʼyilgan fuqarolar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni MvaFRBBning kompьyuter maʼlumotlar bazasiga kiritadi.
Viloyatlardagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shunga oʼxshash boshqa tashkilotlarning masʼul shaxslari 12 soat mobaynida ushbu tashkilotlarga kelgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni Internet tarmogʼi orqali ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dasturga (keyingi oʼrinlarda Dastur deb ataladi) kiritib qoʼyadilar.
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimi fuqarolarni hisobga olish toʼgʼrisidagi maʼlumotlar kompьyuter maʼlumotlar bazasiga kiritilgandan keyin ularni real vaqt rejimida maʼlumotlarni uzatishning idoraviy tarmogʼi boʼyicha Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining (MvaFRBB) markaziy maʼlumotlar bazasiga yuboradi.
Ichki ishlar organi tayanch punktining profilaktika inspektorlari oʼzlari xizmat koʼrsatadigan hududda pasport rejimi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Doimiy propiska bekor boʼlishi mumkinmi?
Fuqaro roʼyxatdan chiqish uchun Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlar TShIIBB MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
belgilangan namunadagi ariza (MvaFRB da toʼldiriladi)
;pasport yoki tugʼilganlik toʼgʼrisidagi guvohnoma
;mudofaa ishlari boʼlimidan hisobdan oʼchirilganligi haqida belgisi mavjud hisob-harbiy hujjatlar
;uy daftari
;belgilangan miqdorda davlat boji toʼlanganligi toʼgʼrisidagi kvitantsiya.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni roʼyxatdan chiqarish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yoʼqotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Vafot etganlar oʼlim qayd etilganidan keyin roʼyxatdan chiqarilishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va haqiqatga muvofiq boʼlmagan maʼlumotlar aniqlangan, shuningdek, viloyatlarda doimiy propiskaga ega boʼlish uchun asos boʼlgan hujjatlar qalbakilashtirilganligi aniqlangan taqdirda doimiy propiska TShIIBB MvaFRB tomonidan bekor qilinadi.
Propiskani bekor qilish yoki roʼyxatdan chiqarish sud qaroriga koʼra, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Roʼyxatdan chiqarilganda yoki propiska bekor qilinganda MvaFRB inspektori uch kun muddatda Qoraqalpogʼiston Respublikasi IIV hamda viloyatlar IIB manzil-maʼlumotlar byurosiga ketish varaqlarini yuboradi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda doimiy propiskani qanday qilib olish mumkin?
Fuqaro viloyatlarda doimiy propiskaga ega boʼlish uchun Qoraqalpogʼiston Respublikasi hamda viloyatlar (Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish alohida tartib bilan belgilanadi) tuman (shahar) ichki ishlar boʼlimining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimiga (MvaFRB) quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
belgilangan namunadagi ariza (MvaFRB da toʼldiriladi)
Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti
;kontrakt boʼyicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi
;uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi)
;uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish toʼgʼrisidagi arizasi (roziligi) yoxud agar shaxsan oʼzi berish imkoni mavjud boʼlmasa notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi)
;nikoh tuzilganligi yoki bolalar tugʼilganligi toʼgʼrisidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi)
;belgilangan miqdorda davlat boji toʼlanganligi toʼgʼrisidagi kvitantsiya.
Turar joy mulkdori oʼz oila aʼzolarini va boshqa shaxslarni propiskadan oʼtkazish huquqiga ega.
Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega boʼlgan mulkdor ulardan faqat bittasiga doimiy propiskadan oʼtishi mumkin.
101
Yong'in xavfsizligi xizmati
102
(turistlar uchun - 1173) - Ichki ishlar organlari
103
Tez tibbiy yordam
104
Gaz avariya dispetcherlik xizmati
1050
Qutqaruv xizmati
Men hozirda viloyatda yashayman. Propiskamni Toshkent shahriga ko’chirmoqchiman. Konstitutsiyada bu haqida nima deyilgan?
Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasiga muvofiq, Qonuniy asoslarda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan har kim mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno deyilgan.
Murojaat yuborishToshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskani qanday qilib olish mumkin?
Oʼzbekiston Respublikasining qonuni bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʼlgan shaxslar — Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʼyxati tasdiqlangan. Bular quyidagilardir:
1. Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) — xususiy mulk qilib olingan uy-joyga.
2. Qarindoshlar — oʼzlarining toʼgʼri shajara boʼyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
3. Vasiylik va homiylikdagi shaxslar — vasiy (homiy) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
4. Ota-onasi boʼlmagan voyaga yetmagan tugʼishgan aka-uka va opa-singillar, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz boʼlgan hamda oʼz oilasi boʼlmagan voyaga yetgan tugʼishgan aka-uka va opa-singillar — oʼzlarining tugʼishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
5. Er (xotin) — xotini (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga, basharti kamida bir yil birgalikda yashayotgan boʼlsa. Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinganidan soʼng bir yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda, er (xotin) Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida olingan doimiy propiskani yoʼqotadi.
6. Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʼlgan fuqarolar — ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzil boʼyicha doimiy propiska qilinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.
7. Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʼlgan fuqarolar — ular Toshkent viloyatida boshqa manzil boʼyicha doimiy propiska qilinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.
8. Ilgari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolar — oʼqishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelganida.
9. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolar, shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʼz oilasi boʼlmagan farzandlari) — mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga.
10. Qonun hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylangan fuqarolar, shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʼz oilasi boʼlmagan farzandlari) — mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga.
11. Davlat hokimiyati organlariga, davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga koʼra, shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʼz oilasi boʼlmagan farzandlari) — mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga.
12. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 sentyabrdagi PQ-694-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomga muvofiq uy-joy bilan taʼminlangan harbiy xizmatchilar, shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʼz oilasi boʼlmagan farzandlari).
Murojaat yuborishYashash joyi boʼyicha vaqtincha roʼyxatga qoʼyish qanday amalga oshiriladi?
Fuqaroni viloyatda turgan joyi boʼyicha hisobga olish fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan besh kundan bir yil muddatga amalga oshiriladi. Doimiy propiskaning yoʼqligi turgan joyi boʼyicha hisobga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Viloyatlarga besh kundan ortiq boʼlmagan muddatga kelgan fuqarolar hisobga olinmaydi.
Viloyatlardagi mehmonxonalarga, davolash muassasalariga, sanatoriylar, dam olish uylariga va shunga oʼxshash boshqa muassasalarga kelgan fuqarolarni hisobga olish ushbu muassasalarning maʼmuriyati tomonidan, ular kelganlaridan keyin ularning bu yerda boʼlish muddatidan va kelishining davriyligidan qatʼi nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Viloyatda hisobga turish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab besh kun muddatda oʼzi vaqtincha turgan joydagi MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
belgilangan shakldagi ariza
;pasport
;kontrakt boʼyicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun)
;tugʼilganlik toʼgʼrisidagi guvohnoma va 35 x 45 mm oʼlchamdagi ikkita rasm — 16 yoshga toʼlmagan shaxslar uchun
;uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish toʼgʼrisidagi arizasi (roziligi)
;uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi)
;belgilangan miqdorda davlat boji toʼlanganligi toʼgʼrisidagi kvitantsiya.
MvaFRB inspektori ariza roʼyxatdan oʼtkazilgandan, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlar oʼrganib chiqilgandan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin oʼsha kunning oʼzida ariza beruvchiga belgilangan shaklda turgan joyida hisobga olish toʼgʼrisida fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatga qayd varagʼi yoki BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varagʼini beradi.
Hisobga olish toʼgʼrisidagi qayd varagʼi qatʼiy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi. Hisobga olish toʼgʼrisidagi qayd varagʼi hamda BARE-CODE* bilan himoyalangan qayd varagʼi fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tugʼilganlik toʼgʼrisidagi guvohnoma (16 yoshga toʼlmagan shaxslar uchun) koʼrsatilgan taqdirda unda koʼrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
Hisobga olish toʼgʼrisidagi qayd varagʼi Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan «Davlat belgisi» davlat ishlab chiqarish birlashmasida yagona namuna boʼyicha tayyorlanadi
;Аriza beruvchining pasportiga va turar joyning uy daftariga (propiska kartochkasiga) hisobga olish toʼgʼrisida belgi qoʼyilmaydi.
Viloyatda hisobga qoʼyilgan fuqaro hisobga olish joyida yashashi shart.
Taʼlim muassasalariga oʼqishga kelgan fuqarolarni MvaFRB inspektori tomonidan hisobga olish turar joyi (uy-joy maydoni) boʼyicha amalga oshiriladi.
Oʼqish viloyatdan tashqarida joylashgan boshqa taʼlim muassasasiga koʼchirilgan, fuqaro akademik taʼtil olgan yoki taʼlim muassasasidan oʼqishdan chetlatilgan taqdirda ushbu muassasalar rahbariyati tegishli qaror qabul qilingan kunda bu haqda fuqaroni vaqtincha turgan joyida hisobga olishni rasmiylashtirgan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimini xabardor qiladi.
Taʼlim muassasasi rahbariyatining bildirishnomasi asosida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimi hisobga olishni bekor qiladi.
Quyidagilar:
viloyatda hisobga olish joyi boʼyicha turgan vaqtida muntazam ravishda huquqbuzarliklar sodir etilishi
;shaxsning viloyatda bundan buyon boʼlishi jamoat tartibi buzilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi
;hujjatlarda notoʼgʼri maʼlumotlarning mavjudligi hisobga olishni rasmiylashtirish rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Fuqarolarning hisobda turishi rad etilgan taqdirda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimi inspektori tomonidan xulosa tuziladi, ushbu xulosa migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimi boshligʼi tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari koʼrsatilgan boʼlishi kerak.
Hisobda turishni rasmiylashtirish rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
Hisobga olish toʼgʼrisidagi qayd varagʼi yoʼqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda fuqaro tegishli MvaFRBga oʼz shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda qayd varagʼi yoʼqolishi yoki yaroqsiz holga kelishi holatlarini koʼrsatib, hisobga olish toʼgʼrisidagi qayd varagʼining dublikati rasmiylashtirilishi toʼgʼrisidagi arizani taqdim etadi.
MvaFRB inspektori koʼrsatilgan turgan joyda ushbu fuqaroning hisobga olinishi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar mavjudligini tekshiradi. Ular tasdiqlangan taqdirda ariza beruvchiga oʼsha kunning oʼzida hisobga olish toʼgʼrisidagi qayd varagʼining dublikati rasmiylashtiriladi.
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimi inspektori ariza beruvchiga hisobga olish toʼgʼrisidagi qayd varagʼi bergandan keyin hisobga qoʼyilgan fuqarolar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni MvaFRBBning kompьyuter maʼlumotlar bazasiga kiritadi.
Viloyatlardagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shunga oʼxshash boshqa tashkilotlarning masʼul shaxslari 12 soat mobaynida ushbu tashkilotlarga kelgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni Internet tarmogʼi orqali ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dasturga (keyingi oʼrinlarda Dastur deb ataladi) kiritib qoʼyadilar.
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimi fuqarolarni hisobga olish toʼgʼrisidagi maʼlumotlar kompьyuter maʼlumotlar bazasiga kiritilgandan keyin ularni real vaqt rejimida maʼlumotlarni uzatishning idoraviy tarmogʼi boʼyicha Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining (MvaFRBB) markaziy maʼlumotlar bazasiga yuboradi.
Ichki ishlar organi tayanch punktining profilaktika inspektorlari oʼzlari xizmat koʼrsatadigan hududda pasport rejimi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Murojaat yuborishDoimiy propiska bekor boʼlishi mumkinmi?
Fuqaro roʼyxatdan chiqish uchun Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlar TShIIBB MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
belgilangan namunadagi ariza (MvaFRB da toʼldiriladi)
;pasport yoki tugʼilganlik toʼgʼrisidagi guvohnoma
;mudofaa ishlari boʼlimidan hisobdan oʼchirilganligi haqida belgisi mavjud hisob-harbiy hujjatlar
;uy daftari
;belgilangan miqdorda davlat boji toʼlanganligi toʼgʼrisidagi kvitantsiya.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni roʼyxatdan chiqarish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yoʼqotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Vafot etganlar oʼlim qayd etilganidan keyin roʼyxatdan chiqarilishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va haqiqatga muvofiq boʼlmagan maʼlumotlar aniqlangan, shuningdek, viloyatlarda doimiy propiskaga ega boʼlish uchun asos boʼlgan hujjatlar qalbakilashtirilganligi aniqlangan taqdirda doimiy propiska TShIIBB MvaFRB tomonidan bekor qilinadi.
Propiskani bekor qilish yoki roʼyxatdan chiqarish sud qaroriga koʼra, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Roʼyxatdan chiqarilganda yoki propiska bekor qilinganda MvaFRB inspektori uch kun muddatda Qoraqalpogʼiston Respublikasi IIV hamda viloyatlar IIB manzil-maʼlumotlar byurosiga ketish varaqlarini yuboradi.
Murojaat yuborishQoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda doimiy propiskani qanday qilib olish mumkin?
Fuqaro viloyatlarda doimiy propiskaga ega boʼlish uchun Qoraqalpogʼiston Respublikasi hamda viloyatlar (Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish alohida tartib bilan belgilanadi) tuman (shahar) ichki ishlar boʼlimining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimiga (MvaFRB) quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
belgilangan namunadagi ariza (MvaFRB da toʼldiriladi)
Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti
;kontrakt boʼyicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi
;uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi)
;uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish toʼgʼrisidagi arizasi (roziligi) yoxud agar shaxsan oʼzi berish imkoni mavjud boʼlmasa notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi)
;nikoh tuzilganligi yoki bolalar tugʼilganligi toʼgʼrisidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi)
;belgilangan miqdorda davlat boji toʼlanganligi toʼgʼrisidagi kvitantsiya.
Turar joy mulkdori oʼz oila aʼzolarini va boshqa shaxslarni propiskadan oʼtkazish huquqiga ega.
Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega boʼlgan mulkdor ulardan faqat bittasiga doimiy propiskadan oʼtishi mumkin.
Murojaat yuborish