Call-center

1242
my.gov.uz umumiy savollar (24/7)
1148
taklif va shikoyatlar

Eski haydovchilik guvohnomasini uydan chiqmay almashtiring!

31.01.2023

Endi DXM yoki ichki ishlar organlariga borishingiz, rasmga tushib, hujjatlarga imzo qoʻyib, navbatlar kutib ovora boʻlib yurishingiz shart emas!

Yangi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmati uyingizga etkazib beradi!

 Joriy yilning 30-yanvaridan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini uydan turib YIDXP (my.gov.uz) orqali almashtirish mumkin.

Buning uchun:

1. Ariza beruvchi YIDXPda roʻyxatdan yoki avtorizatsiyadan oʻtadi va ariza yuboradi;

2. Ariza shakllantirish jarayonida foydalanuvchining ID karta yoki biometrik pasportidagi rasmdan foydalanishga rozilik bildiradi, rasmdan foydalanishni rad etgan taqdirda yangi rasmga tushish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining hududiy Roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlinmalariga tashrif buyuradi;

3. Kompyuter yoki mobil telefon yordamida imzo chekadi;

4. Toʻlovlar amalga oshiriladi (BHMning 70 foizi - 210 000 soʻm) va qoʻshimcha toʻlov (25 000 soʻm) evaziga pochta xizmati orqali ikki ish kunida  haydovchilik guvohnomasi arizachi bergan manzilga yetkazib beriladi.

Agar guvohnomani oʻzingiz borib olishni istasangiz, arizada belgilangan DXMga tashrif buyurasiz.

Barcha yangiliklar

“Obod yurtim” aksiyasi

Barchaga yasharish va yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam muborak, azizlar! Shu bugundan yurtimiz tozaligiga befarq bo‘lmagan, bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazishni istagan vatandoshlarimizni "Obod yurtim" sovrinli aksiyamizda ishtirok etishga chorlaymiz.

21.03.2023
Firma yoki korxona bankrot yoki bankrot emasligini my.gov.uz orqali tekshirib koʻring

Jismoniy shaxslar turli holatlarda firma va korxonalar bilan shartnomalar imzolashlariga toʻgri keladi.

09.03.2023
Eʼlon!

«Veolia Energy Tashkent» XK MChJ server uskunalarida texnik ishlar amalga oshirilishi

28.02.2023
Imtiyozli transport kartasini my.gov.uz orqali oling!

Buning uchun my.gov.uz dagi “Shahar yoʻlovchilar transportida bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini rasmiylashtirishga ariza berish” xizmatini tanlaysiz.

27.02.2023
Ko‘chmas mulk bo‘yicha aholimiz uchun yaxshi qulaylik

Avvallari uy-joy, yer-mulk hujjatlari bilan bog‘liq muammolar eng og‘riqli nuqtamiz edi. Bitta mulkka ikkita ega chiqib qolishi holati ham ko‘pchilikni qiynardi.

09.02.2023