Call-center

1242
my.gov.uz umumiy savollar (24/7)
1148
taklif va shikoyatlar

Imtiyozli transport kartasini my.gov.uz orqali oling!

27.02.2023

Imtiyozli transport kartasini my.gov.uz orqali oling!

Buning uchun my.gov.uz dagi “Shahar yoʻlovchilar transportida bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini rasmiylashtirishga ariza berish” xizmatini tanlaysiz.

Oferta shartlari bilan tanishgach, tanlash koʻrsatilgan maydonlarni toʻldirasiz, yuborish tugmasini bosasiz.

Ariza 3 ish kunida koʻrib chiqiladi.

Xizmat mutlaqo bepul koʻrsatiladi.

Bunday karta egalari respublikamizning barcha hududlaridagi shahar yoʻlovchilar transportida (trolleybus, avtobus, tramvay, metro) bepul yurish huquqiga ega.

Imtiyozli transport kartasi kimlarga beriladi?

- 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari;

- 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari;

- 1941—1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati
va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlanganlar;

- Afgʻoniston Respublikasida va boshqa mamlakatlar hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar;

- haqiqiy muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt boʻyicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;

- Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;

- nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaxslarga.

Imtiyozli transport kartasi cheklanmagan muddatga beriladi.

Undan boshqa shaxslarning foydalanishi taqiqlanadi.

Eslatma: 2023-yil 1-maygacha faqat Toshkent va Samarqand shaharlarida amalda boʻluvchi bu imkoniyat mazkur muddatdan keyin respublikaning barcha shaharlarida bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyilib, imtiyozli transport kartalari oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi va egalariga topshiriladi.

Barcha yangiliklar

Mulk xaridlarida my.gov.uz yordam beradi!

Hozirgi kunda turli mulk shakllarini oldi-sotdi qilishda avvalgidek idorama-idora qog‘oz ko‘tarib yurish shart emas.

24.05.2023
My.gov.uz – “Yil brendi 2022” VI mukofoti bilan taqdirlandi.

My.gov.uz portali oʻtgan yilda Oʻzbekiston bozorida yuqori samarali marketing yutuqlariga erishgan eng muvaffaqiyatli brendlar qatoriga kirdi.

22.05.2023
Mobil qurilmangiz orqali 170 dan ziyod elektron davlat xizmatlaridan foydalanishni istaysizmi?

Buning uchun smartfoningizda my.gov.uz mobil ilovasi bo‘lishi kerak.

15.05.2023
"Yil brendi — 2022" tanlovi

UZINFOCOM kompaniyasining maqsadlariga erishish yo'lida siz ham o'z hissangizni qo'shishni istaysizmi?

04.05.2023
My.gov.uz portalida ipoteka subsidiyasini berish xizmati ishga tushdi!

2023-yilning 1-mayidan boshlab my.gov.uz da “Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmati yoqildi.

02.05.2023