image

Siz kutgan qulaylik!

18.04.2023

My.gov.uzda UZTELECOM mobil aloqa tarmogʻiga onlayn ulanish va raqamni  yetkazish xizmati ishga tushirildi.

 Endi mobil aloqa tarmogʻiga ulanib, SIM-karta olish uchun dilerlik ofislarini izlab yurishga hojat qolmadi.

Shunchaki, uydan chiqmasdan turib:

- my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtish;

UZTELECOM mobil aloqa tarmogʻiga ulanish xizmatini tanlash;

- manzil maʼlumotlarini kiritish;

- ulanish turi, SIM-kartani yetkazib berish, tarif rejasi va oʻzingizga maʼqul kelgan raqamni tanlash, shuningdek, toʻlovni ham onlayn amalga oshirish mumkin boʻldi. 

Bunda SIM-karta fuqaro koʻrsatgan manzilga UZTELECOM tomonidan dastlabki toʻlov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 24 soatdan 5 ish kunigacha muddatda yetkazib beriladi. 

Agar ulanish turida eSIM texnologiyasi tanlansa, uni faollashtirish uchun QR kod shakllantiriladi. Va eSIM dastlabki avans toʻlovi amalga oshirilgan vaqtdan boshlab, 24 soat ichida yuboriladi.

Xizmat narxi: tanlangan raqam, tarif reja va ulanish turiga bogʻliq.

 

Barcha yangiliklar

🟡 Himoya orderi: Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat!

👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.

18.12.2024
❄️ Qishning sovuq kunlarida uyda o'tirib ma'lumotnoma oling!

🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!

17.12.2024
🚗 Avtomobil egalari diqqatiga❗️

❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi❓

16.12.2024
❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklang! Shunda hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

14.12.2024
⚡️my.gov.uz orqali temir yo‘l xizmatlari yanada qulay bo‘ldi!

🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!

13.12.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suhandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting