Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

15.06.2023

Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID karta olishlari shart!

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari my.gov.uz portali va Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlardan biometrik pasport yoki ID karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.

Shu o‘rinda yana bir qulaylikni eslatib o‘tamiz, ID karta olganlar id.egov.uz tizimida avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishadi. Bu esa ularga my.gov.uzda avtorizatsiyadan o‘tish imkonini beradi.

Barcha yangiliklar

Yangi xizmat!

Majburiy sugʻurtalash endi — my.gov.uz da!

23.11.2023
Buni hamma bilishi kerak!

Elektron raqamli imzoni onlayn shakllantirish uchun foydalanuvchi o‘z fuqarolik pasporti bilan selfi ko‘rinishida rasmga tushishi zarur.

17.11.2023
Haydovchilik guvohnomangizni tezroq almashtiring!

Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirishning muddati 2023-yil 31-dekabrda yakunlanadi!

13.11.2023
O‘z o‘zini band qilgan shaxslar my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin!

Bunga ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflanmaydi. Ushbu xizmatdan foydalanish bir qancha imkoniyatlarni beradi.

02.11.2023
O‘zbekiston 2030 strategiyasidagi 100 ta maqsaddan sohamizga belgilanganlariga erishish uchun navbatdagi AKT haftaligi muhim qadam bo‘ladi

33-maqsad - Yoshlar o‘rtasida IT sohasini yana-da ommalashtirish uchun birinchi marotaba haftalik doirasida IT taʼlim forumi o‘tkazilmoqda. Bu 2030 yilga kelib 300 ming yoshlarimizni IT sohasida yuqori maoshli ish bilan taʼminlash bo‘yicha asosiy samaradorlik ko‘rsatkichimizga erishishga yordam beradi.

23.10.2023