Abituriyentlarni onlayn ro'yxatga olish boshlandi

21.06.2023

My.gov.uz portali orqali abituriyentlarni (2023/2024-o‘quv yili uchun) oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga shaxsiy tashrifsiz, qog‘oz hujjatlar va hech qanday navbatlarsiz onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Ushbu jarayonda talabgor telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarini kiritsa, shuningdek, imtiyozi mavjudlar ularni tekshirib, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikati borlar bu haqdagi ma’lumotlarni yuklashsa kifoya.

Eslatma!

Test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi (165000 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

 Quyidagi toifaga kiruvchi abiturentlar to‘lovdan ozod etiladi:

- test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilida ta’lim muassasalarini bitirganlar;

- I, II va III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;

Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar;

- to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar.

Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etishini hisobga olib, abituriyentlar oxirgi kungacha o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishi, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat olganlar ular haqidagi ma’lumotlarini keltirishi mumkin bo‘ladi.

Barcha yangiliklar

Yangi xizmat!

Majburiy sugʻurtalash endi — my.gov.uz da!

23.11.2023
Buni hamma bilishi kerak!

Elektron raqamli imzoni onlayn shakllantirish uchun foydalanuvchi o‘z fuqarolik pasporti bilan selfi ko‘rinishida rasmga tushishi zarur.

17.11.2023
Haydovchilik guvohnomangizni tezroq almashtiring!

Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirishning muddati 2023-yil 31-dekabrda yakunlanadi!

13.11.2023
O‘z o‘zini band qilgan shaxslar my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin!

Bunga ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflanmaydi. Ushbu xizmatdan foydalanish bir qancha imkoniyatlarni beradi.

02.11.2023
O‘zbekiston 2030 strategiyasidagi 100 ta maqsaddan sohamizga belgilanganlariga erishish uchun navbatdagi AKT haftaligi muhim qadam bo‘ladi

33-maqsad - Yoshlar o‘rtasida IT sohasini yana-da ommalashtirish uchun birinchi marotaba haftalik doirasida IT taʼlim forumi o‘tkazilmoqda. Bu 2030 yilga kelib 300 ming yoshlarimizni IT sohasida yuqori maoshli ish bilan taʼminlash bo‘yicha asosiy samaradorlik ko‘rsatkichimizga erishishga yordam beradi.

23.10.2023