Agar sizdan ortiqcha hujjat talab qilinsa, qayerga murojaat etishni bilasizmi?

25.08.2023

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat tashkilotlari hanuzgacha ko‘pchilikdan talab qilinishi taqiqlangan hujjatlarni so‘rayotgani haqidagi shikoyatlar yozib qoldirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz!

Qonunchiligimizda (PF–6191-son, PF–6269-son– to‘liq ro‘yxat) aholidan quyidagi hujjatlarni talab qilish allaqachon bekor bo‘lgan:

- shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

- shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;

- diplom ma’lumotlari (oliy ta’lim va o‘rta maxsus);

- kam ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

- STIR ma’lumotlari;

- imtiyozga egalik to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar.

Bu turdagi hujjatlar davlat tashkilotlari tomonidan idoralararo hamkorlik yo‘li bilan olinadi.

Ushbu hujjat va ma’lumotlarning aholidan talab qilinishi davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik talablarining buzilishi hisoblanib, bunday yo‘l tutgan davlat idoralari uchun javobgarlik mavjud.

Hurmatli fuqarolar, agar Siz talab qilinishi bekor bo‘lgan hujjatlarni so‘rash holatlariga duch kelsangiz, Adliya vazirligining 1148 koll-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Shuningdek, bu haqda bot manziliga  yozib qoldirsangiz ham bo‘ladi.

 

 

Barcha yangiliklar

Endi davolanish uchun beriladigan yo‘llanma holatini uydan chiqmasdan tekshirish mumkin.

My.gov.uz portalida “Tibbiyot muassasalarida davolanish uchun berilgan imtiyozli yo‘llanma holatini tekshirish” xizmati ishga tushirildi.

27.09.2023
Ogoh bo‘ling! One IDdan shaxsan o‘zingiz ro‘yxatdan o‘ting!

One ID – bu nafaqat Yagona portal, balki koʻplab davlat tashkilotlarining maʼlumotlar bazasidan xavfsiz foydalanish imkoniyatini beradigan Yagona identifikatsiya tizimidir.

22.09.2023
Bizda yana bir yangi xizmat!

My.gov.uz portalida “Sportchilar uchun sport pasportini olishga ariza berish” xizmati ishga tushirildi.

14.09.2023
Hurmatli foydalanuvchilar!

Idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali axborot almashinuvini yanada takomillashtirish maqsadida 2023-yilning 5-sentabr kuni soat 00:00 dan 04:00 ga qadar “Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi (IIP2)da texnik-profilaktik ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

04.09.2023
Yuridik texnikumlarga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalarni yuklab olishga shoshiling!

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani my.gov.uz portalidagi "Yuridik texnikumga o'qishga kirish uchun ariza yuborish" xizmati orqali ro'yxatdan o'tgan telefon raqami va parolini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin.

28.08.2023