Bizda yana bir yangi xizmat!

14.09.2023

My.gov.uz portalida “Sportchilar uchun sport pasportini olishga ariza berish” xizmati ishga tushirildi.

Xizmatdan onlayn foydalansangiz, 10% arzon ham to‘laysiz!

Masalan:

ariza joyiga chiqib berilganda — 55 000 so'm (BHMning 1/6 (oltidan bir) qismi) 

my.gov.uz orqali topshirilganda  – 49 500 so‘m (0,15 BHM) davlat boji undiriladi.

Sportchi pasportining amal qilish muddati — 5 yil.

my.gov.uz orqali ariza yuborilgach, sport pasporti 6 ish kunida tegishli sport tashkilotiga yetkazib beriladi.

Sportchi pasporti ikkinchi o‘smirlar sport razryadidan past bo‘lmagan razryadga ega, tegishli sport turi bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ishtirok etuvchi sportchiga beriladi.

Xizmatdan onlayn foydalanish juda oson va qulay!

 

 

Barcha yangiliklar

My.gov.uz portalidan yana bir yangi xizmat oʻrin oldi

Endi yuridik shaxslar “Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini” uydan chiqmagan holda olishlari mumkin.

30.11.2023
Yangi xizmat!

Majburiy sugʻurtalash endi — my.gov.uz da!

23.11.2023
Buni hamma bilishi kerak!

Elektron raqamli imzoni onlayn shakllantirish uchun foydalanuvchi o‘z fuqarolik pasporti bilan selfi ko‘rinishida rasmga tushishi zarur.

17.11.2023
Haydovchilik guvohnomangizni tezroq almashtiring!

Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirishning muddati 2023-yil 31-dekabrda yakunlanadi!

13.11.2023
O‘z o‘zini band qilgan shaxslar my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin!

Bunga ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflanmaydi. Ushbu xizmatdan foydalanish bir qancha imkoniyatlarni beradi.

02.11.2023