Ogoh bo‘ling! One IDdan shaxsan o‘zingiz ro‘yxatdan o‘ting!

22.09.2023

One ID – bu nafaqat Yagona portal, balki koʻplab davlat tashkilotlarining maʼlumotlar bazasidan xavfsiz foydalanish imkoniyatini beradigan Yagona identifikatsiya tizimidir.

Shuning uchun ham subsidiya, kredit, koʻchmas mulk, kadastr kabi yuzlab xizmatlarga xavfsizlik nuqtai nazaridan murakkabroq login va parol bilan mustahkamlangan One ID tizimi orqali kiriladi.

Hozirgi kunda shaxsiy ma’lumotlarga befarqlik tufayli identifikatsion raqam begonalar qo‘liga tushib qolishi sabab boshqalar nomidan ro‘yxatdan o‘tish holatlari uchramoqda.

Agar sizning nomingizdan begonalar ish yuritishini xohlamasangiz, hech kimga JShShIR raqamingizni bermang. One IDdan shaxsan o‘zingiz ro‘yxatdan o‘ting.

Shaxsni tasdiqlovchi pasport maʼlumotlari va telefon raqamini biriktirgan holda One ID tizimida roʻyxatdan oʻtsangiz, boshqalar sizning nomingizdan ish yuritolmaydi.

One ID tizimidan ro'yxatdan o'tish tartibi bilan quyidagi videorolikda tanishing: https://youtu.be/IL7z72X5tPw?si=no-GEwzkHjEKRzZj

 

Barcha yangiliklar

My.gov.uz portalidan yana bir yangi xizmat oʻrin oldi

Endi yuridik shaxslar “Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini” uydan chiqmagan holda olishlari mumkin.

30.11.2023
Yangi xizmat!

Majburiy sugʻurtalash endi — my.gov.uz da!

23.11.2023
Buni hamma bilishi kerak!

Elektron raqamli imzoni onlayn shakllantirish uchun foydalanuvchi o‘z fuqarolik pasporti bilan selfi ko‘rinishida rasmga tushishi zarur.

17.11.2023
Haydovchilik guvohnomangizni tezroq almashtiring!

Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirishning muddati 2023-yil 31-dekabrda yakunlanadi!

13.11.2023
O‘z o‘zini band qilgan shaxslar my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin!

Bunga ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflanmaydi. Ushbu xizmatdan foydalanish bir qancha imkoniyatlarni beradi.

02.11.2023