Endi davolanish uchun beriladigan yo‘llanma holatini uydan chiqmasdan tekshirish mumkin.

27.09.2023

My.gov.uz portalida “Tibbiyot muassasalarida davolanish uchun berilgan imtiyozli yo‘llanma holatini tekshirish”  xizmati ishga tushirildi.

Imtiyozli yo‘llanma – davlat tomonidan bepul davolanish huquqini beruvchi tibbiy order hisoblanadi. Hozirgi kunda imtiyozli toifaga kiruvchi 16 turdagi shaxslarni davlat budjeti mablag‘lari hisobidan navbat asosida davolanishga yo‘llash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Bunda fuqaroning imtiyozli davolanishga muhtojligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli tibbiyot muassasasi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi elektron tizimiga kiritiladi. Imtiyozli yo‘llanmaning shakllanishi esa bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi.

Endi fuqarolarimiz ushbu bosqichlar holatini my.gov.uz portali orqali onlayn kuzatib borishlari hamda navbati kelgach tegishli tibbiyot muassasasiga murojaat qilishlari mumkin.

Barcha yangiliklar

My.gov.uz portalidan yana bir yangi xizmat oʻrin oldi

Endi yuridik shaxslar “Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini” uydan chiqmagan holda olishlari mumkin.

30.11.2023
Yangi xizmat!

Majburiy sugʻurtalash endi — my.gov.uz da!

23.11.2023
Buni hamma bilishi kerak!

Elektron raqamli imzoni onlayn shakllantirish uchun foydalanuvchi o‘z fuqarolik pasporti bilan selfi ko‘rinishida rasmga tushishi zarur.

17.11.2023
Haydovchilik guvohnomangizni tezroq almashtiring!

Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirishning muddati 2023-yil 31-dekabrda yakunlanadi!

13.11.2023
O‘z o‘zini band qilgan shaxslar my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin!

Bunga ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflanmaydi. Ushbu xizmatdan foydalanish bir qancha imkoniyatlarni beradi.

02.11.2023