image

Endilikda pedagogik faoliyatni boshlayotgan kadrlar kasbiy sertifikatga ega bo'lishi talab etiladi

11.03.2024

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma'lumotli kadrlar 1 yil ichida kasbiy sertifikatga ega bo'lishi talab etiladi.

Mazkur talabdan kelib chiqib My.gov.uz portalida "Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash" xizmati ishga tushirildi.

Bu turdagi sertifikatlash jarayoni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etiladi, nazorat qilinadi va muvofiqlashtiriladi.

Kasbiy sertifikat — nazorat sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan jismoniy shaxsga pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi QR-kod qo‘yilgan davlat namunasidagi hujjatdir.

Sertifikat cheklanmagan muddatga beriladi.

Nazorat sinovida birinchi marta ishtirok etish bepul. 

Qayta ishtirok etishga My.gov.uz orqali ariza berishda 10 foiz chegirma bilan 306 000 so'm (0,9 BHM) to‘lanadi.

Eslatma: Kasbiy sertifikat olingandan so'ng pedagogik faoliyatda besh va undan ko‘p yil uzilishlar bo‘lsa, faoliyatni qayta boshlagan vaqtdan bir yil muddat ichida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi lozim.

Barcha yangiliklar

✨ Ilmiy unvon va darajalar bo‘yicha hujjatlar my.gov.uz'da❗️

💻 Yagona portalda "Ilmiy unvon va darajalar (PhD, DSc, professor, dotsent va katta ilmiy xodim) bo‘yicha davlat namunasidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish" xizmati ishga tushirilgan.

12.03.2025
▶️ Tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma olish tartibi bilan tanishing

🚶🏽 Vaqtingizni davlat tashkilotlariga borish, navbatlarda turishga sarflamang.

11.03.2025
⚡️ my.gov.uz orqali “Doimiy yashash joyiga roʻyxatga qoʻyish” qulaylashdi!

🟡 Xizmat qadamlari qisqartirildi va mulkdorga tegishli koʻchmas mulk maʼlumotlari avtomat ravishda tekshiruvdan oʻtkaziladigan boʻldi.

11.03.2025
Tabriklaymiz 💐

🌸 8-Mart – bahor nafasi va go‘zallik bayrami! 🌷

08.03.2025
🌿 Ekologiya – bizning kelajagimiz! 🌱

2025 yil Atrof-muhitni muhofaza qilish yili deb e’lon qilindi va bu sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishni bugundan boshlash uchun ajoyib imkoniyat! 🌍

06.03.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting