image

Avtotransport va jarimalar to‘g‘risida bepul maʼlumot olish

05.02.2021

Bugun jismoniy va yuridik shaxslar uyda yoki ishxonadan turib ham avtotransport vositalari, jumladan, sug‘urta polisi, sug‘urta hodisasi (yo‘l-transport hodisasi) hamda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar to‘g‘risidagi maʼlumotlardan xabardor bo‘lib turish imkoniyatiga ega.

Ushbu xizmat barcha shaxslarga ko‘rsatiladi.

Ham vaqt, ham naqdingizni tejash borasida ham munosib tanlov.

Faqat buning uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

Endi siz my.gov.uz portalidagi «Avtotransport vositalari to‘g‘risida maʼlumot» xizmatidan istalgan vaqtda foydalanishingiz mumkin.

Mazkur xizmat turini tanlagach, transport vositasini qo‘shish uchun profilingizning Avtotransport bo‘limidagi “qo‘shish” bandiga o‘tasiz. Hamda avtotransportingiz haqidagi maʼlumotlarni ketma-ket to‘ldirasiz.

Navbatdagi jarayonda «Jarimalar to‘g‘risida maʼlumot» bo‘limiga ham obuna bo‘lsangiz, barcha maʼlumotlardan avtomatik ravishda va bepul xabar topib turasiz.

Shu bilan birga to‘lovlarni elektron ravishda amalga oshirish imkoniyati ham bor.

Xizmatdan foydalanish uchun ushbu havolaga o‘ting: https://my.gov.uz/oz/service/80

Barcha yangiliklar

🟡 Himoya orderi: Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat!

👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.

18.12.2024
❄️ Qishning sovuq kunlarida uyda o'tirib ma'lumotnoma oling!

🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!

17.12.2024
🚗 Avtomobil egalari diqqatiga❗️

❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi❓

16.12.2024
❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklang! Shunda hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

14.12.2024
⚡️my.gov.uz orqali temir yo‘l xizmatlari yanada qulay bo‘ldi!

🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!

13.12.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suhandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting