Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha bojxona xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaymiz hamda ularga mashaqqatli faoliyatlarida kuch-quvvat va sihat-salomatlik tilaymiz.💪✨
O‘z navbatida, myGov elektron xizmatlar bilan bojxona sohasi faoliyatini yanada qulaylashtiradi:
- Tovarlarni elektron deklaratsiyalash. 📦
- Bazaviy hisoblash miqdori oshganda hamda amal qilish muddati tugashi munosabati bilan bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlovchi hujjatni yangilash. 🛠️
- Chet el tovarlarining harakatiga bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash haqida xabarnoma berish. 📄
- Xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma. 🚛
Mehnatingiz har doim e’tirof va hurmat bilan taqdirlansin! 🎖️