Yoshlar uchun qanday qulayliklar bor?
Yangi O‘zbekistonni barpo etishda azmu shijoatli yoshlar eng katta kuchdir.
"Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida talaba-yoshlar, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yigit-qizlar uchun bir qancha xizmatlar va qulayliklar yaratilgan.
Jumladan:
- Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish
- Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berishga ariza yuborish
- Talaba o‘qish joyidan ma’lumotnoma olish (OTMdan)
- Nikohni qayd etish uchun FHDYo organiga ariza yuborish
- Xorijiy davlatda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish uchun ariza yuborish
- O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish
- Xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun elektron ariza yuborish
- Yuridik texnikumiga o‘qishga kirish uchun ariza yuborish
- Abituriyentni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish