Mutafakkirlardan biri shunday degan ekan: “Vatanparvar – oʼz vatani kamoloti yoʼlida oʼz xalqiga muhabbati tufayli moli, kuch-gʼayrati tugul jonini ham ayamaydigan, xalqi va vatanining ozodligi, farovonligi uchun bor budini fido qiluvchi insondir”. Bunday vatanparvarlari bor yurt esa doimo tinch, osmoni musaffo, xalqi ahil, rizqi moʼl, hayoti farovon boʼladi.
Biz Oʼzbekistonimizning mana shunday vatanparvar er yigitlari, shonli Аrmiyasi, uning saflarida xizmat qilayotgan jasoratli harbiylarimiz bilan hamisha faxrlanamiz.
Ular borki, xonadonlarimiz, yurtimiz tinch va obod, mamlakatimiz sarhadlari daxlsizdir!
Yana bir bor bayramingiz bilan, aziz Vatanimiz himoyachilari!
Barchangizga mustahkam sogʼlik, har qadamda hushyorlik va ogohlik tilab, oilaviy baxt hamisha hamrohingiz boʼlsin deb qolamiz!!!