Endilikda Mavzuli so‘rovlar onlayn ijro etiladi
Arxiv bilan bog‘liq mavzuli so‘rovlarga mulkiy huquqlar, turar joylar, alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlar, shuningdek nasl-nasabni aniqlash (tasdiqlash) kabilar kiradi.
Masalan, bular orasida ko‘chmas mulkni sotish yoki boshqaning nomiga rasmiylashtirish masalasi dolzarbroqdir. Ya’ni qachonlardir mazkur masalalar bo‘yicha Notariuslarga murojaat qilganingizda, ular qo‘lingizdagi eski, sarg‘ayib ketgan hujjatga ishonch bildirmasligi va uni arxiv ma’lumotlari asosida tasdiqlab kelishingizni aytishi mumkin. Yoki hujjat qo‘lingizda umuman bo‘lmaganda ham ushbu xizmat sizga asqatadi.
Yagona portal tufayli bu jarayonlar avtomatlashdi. Ya’ni siz uydan chiqmagan holda ham my.gov.uz yordamida arxiv xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.
Buning uchun quyidagi https://my.gov.uz/oz/service/517 manzilga o‘tishingiz kifoya.
Xizmat bo‘yicha videoyo‘riqnoma: https://youtu.be/JwGlXk3qJLc