image

Diqqat, 1-sinfga qabul my.gov.uz orqali bo‘ladi!

02.06.2022

“Xalq ta’limi tizimida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (295-son, 01.06.2022-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.

Shunga ko‘ra, har yili 1-maygacha o‘quvchilarni 1-sinfga qabul qilish va bir maktab (sinf)dan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladigan hududlar ro‘yxati tasdiqlanadi va Xalq ta’limi vazirligi rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

1-sinfga bolalar ular 7 yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.

Ariza beruvchi mikrohudud bo‘yicha maktabga qabul qilish uchun har yili 20-iyundan 31-iyulgacha YIDXP yoki Xalq ta’limi vazirligining elektron xizmatlar portalida ro‘yxatdan o‘tadi.

So‘rovnoma to‘ldiriladi hamda hududiy xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, mikrohudud bo‘yicha maktabga yuboriladi yoki sababi ko‘rsatilgan holda qaytariladi. Bu haqda ariza beruvchilarga xabar yuboriladi.

Ariza beruvchi farzandi bilan birgalikda mikrohudud bo‘yicha yuborilgan maktabga onlayn navbat asosida boradi va bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomani maktabga taqdim etadi.

Maktab qabul komissiyasi tomonidan 1 ish kunida bolani maktabga olish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Mikrohududdan tashqaridan bolalar maktabga har yili 1–15-avgust kunlari qabul qilinadi.

Mazkur tartib Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi maktablarga nisbatan qo‘llaniladi.

Barcha yangiliklar

Tabriklaymiz 💐

🌸 8-Mart – bahor nafasi va go‘zallik bayrami! 🌷

08.03.2025
🌿 Ekologiya – bizning kelajagimiz! 🌱

2025 yil Atrof-muhitni muhofaza qilish yili deb e’lon qilindi va bu sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishni bugundan boshlash uchun ajoyib imkoniyat! 🌍

06.03.2025
Alisher Navoiy tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab: yozuvchilar uchun elektron davlat xizmatlarini taqdim etamiz 📜

9-fevral — Alisher Navoiy, buyuk o‘zbek shoiri va faylasufi tavallud topgan kun. Bugun biz yozuvchilar va nashriyotchilarga o‘z asarlarini keng auditoriyaga taqdim etishda yordam beruvchi zamonaviy imkoniyatlarni eslatib o‘tmoqchimiz. 📖

09.02.2025
🆕 Ovchilik guvohnomasini onlayn olish mumkin!

💥 Ovchilik bilan shug‘ullanishni istagan jismoniy shaxslarning my.gov.uz portali orqali ovchilik guvohnomasini olishi yanada osonlashdi!

03.02.2025
⚡️ My.gov.uz orqali davlat xizmatlari uchun to‘lov qilish yanada qulaylashdi!

💰Endilikda portal foydalanuvchilari pullik davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni Uzum Bank ilovasi orqali yoki Uzum Nasiyada muddatli to‘lov asosida qulay amalga oshirishlari mumkin!

31.01.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting