Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan muddati tugagan biometrik pasportlarni kechiktirmagan holda ID-kartalarga almashtirishlarini so‘ramoqda.
«Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 223-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportsiz yoki identifikatsiyalovchi ID kartasiz yoxud haqiqiy boʻlmagan pasport bilan yashashi maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradi», deyiladi IIV xabarida.
Eslatib o‘tamiz, biometrik pasportni ID kartaga almashtirishga Yagona portal (my.gov.uz) orqali ariza topshirish mumkin: https://youtu.be/-B-wt5dOiVo