Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda franchayzing asosida qisman moliyalashtirish
Investor (tashkilot) subsidiya yokida tashkilotni moliyalashtirish olish uchun yilning 1-martga qadar YIDXPdan so'rov yuboradi.
Subsidiya olish tartibi.
Subsidiya olish imkoniyati 2027-yil 1-martga qadar mavjud.
Subsidiya bir marta ajratilib, uning miqdori kelgusi yil uchun Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash jarayonida ushbu miqdorni har yili indeksatsiya qilgan holda:
- yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 million so'mni;
- 5 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 million so'mni tashkil etadi.
Bunda respublika bo'yicha toifali (yulduzli) mehmonxonalar mavjud bo'lmagan tuman (shahar)larda yangidan quriladigan mehmonxonalarga mazkur xarajatlar quyidagicha 50 foizga oshirilgan miqdorda belgilanadi:
- dastlabki 2 ta 4 yoki 5 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarga;
- dastlabki 3 ta 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarga.
Tashkilotlarni franchayzing asosida qisman moliyalashtirish tartibi.
Tashkilotlar dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanish bo'yicha franchayzing to'g'risidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab, uch yil mobaynida har yili bir marta Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda franchayzing to'g'risidagi shartnomalar 2019-yil 5-yanvardan so'ng kuchga kirgan bo'lishi lozim.
Tashkilotlarni moliyalashtirish quyidagi hajmda amalga oshiriladi:
- 3 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun — mehmonxonaning har bir xonasi uchun yillik 200 АQSh dollari ekvivalentida;
- 4 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun — mehmonxonaning har bir xonasi uchun yillik 400 АQSh dollari ekvivalentida;
- 5 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun — mehmonxonaning har bir xonasi uchun yillik 600 АQSh dollari ekvivalentida.
+998 (71) 205-06-00
Yuridik shaxslar
Subsidiya olish uchun:
- katta to'rtlik (“big four”) auditorlik tashkilotlari biridan ijobiy xulosa nusxasi;
- Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligining hududiy boshqarmalaridan mehmonxona binosi yangi qurilganligi (mehmonxona rekonstruksiya qilinmaganligi) va besh qavatdan past emasligi to'g'risida ma'lumotnoma.
Tashkilotlarni franchayzing to'g'risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun:
- davlat xizmatlari markazlari orqali ro'yxatdan o'tkazilgan franchayzing to'g'risida tuzilgan shartnoma nusxasi.
19 ish kuni
Bepul
Umumiy statistika
Yangilari | 0 |
Jarayonda | 0 |
Tugallanganlar | 1 |
Rad etilganlar | 1 |
To‘lov jarayonida | 0 |
Bekor qilingan | 4 |
Barcha | 6 |