Nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish sohasidagi faoliyatga yangi litsenziya olish
Аriza davlat xizmatlari markazlari orqali topshirilganda masʼul xodim roʼyxat asosida litsenziya berish uchun ariza va boshqa maʼlumotlarni qabul qiladi. Davlat xizmatlari markazining masʼul xodimi arizachiga ariza qabul qilingan sana qayd etilgan roʼyxatga olish nusxasini beradi.
Davlat xizmatlari markazlarining masʼul xodimi litsenziya daʼvogarining arizasini zarur maʼlumotlari bilan birga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasiga hujjat qabul qilingan kuni yuboradi.
Аriza Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborilganda, litsenziya daʼvogarining arizasi qabul qilinganligi haqidagi elektron xabar Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining masʼul xodimi tomonidan litsenziya daʼvogarining elektron manziliga yuboriladi
Tel: +998 (71) 231-07-53 (ichki. 1020, 1027, 1037)
Yuridik shahslar
1. onlayn ariza;
2. yongʼin va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yongʼin xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʼgʼrisidagi xulosalari;
3. pedagog kadrlar haqida maʼlumot;
4. oʼquv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari;
5. ariza koʼrib chiqilganligi uchun litsenziya daʼvogari tomonidan yigʼim toʼlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi
arizani qabul qilgandan soʼng 15 ish kuni ichida, oliy taʼlim turi boʼyicha 30 ish kuni ichida
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
27 martdagi 241-son qarori
«Nodavlat taʼlim xizmatlari koʼrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish toʼgʼrisida»
Yagona portal orqali topshirilganda miqdori:
Boj - 9.0 BRV (2700000.00 UZS)
Umumiy statistika
Yangilari | 1 |
Jarayonda | 7 |
Tugallanganlar | 3325 |
Rad etilganlar | 4654 |
To‘lov jarayonida | 328 |
Bekor qilingan | 1114 |
Barcha | 9429 |