Аriza davlat xizmatlari markazlari orqali topshirilganda masʼul xodim roʼyxat asosida litsenziya berish uchun ariza va boshqa maʼlumotlarni qabul qiladi. Davlat xizmatlari markazining masʼul xodimi arizachiga ariza qabul qilingan sana qayd etilgan roʼyxatga olish nusxasini beradi.
Davlat xizmatlari markazlarining masʼul xodimi litsenziya daʼvogarining arizasini zarur maʼlumotlari bilan birga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasiga hujjat qabul qilingan kuni yuboradi.
Аriza Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborilganda, litsenziya daʼvogarining arizasi qabul qilinganligi haqidagi elektron xabar Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining masʼul xodimi tomonidan litsenziya daʼvogarining elektron manziliga yuboriladi