
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun qayta elektron ariza yuborish
1. Fuqaro DXM yoki YaIDXPda ro`xatdan o`tgan xolda murojaat etadi.
2. Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga so`rovnoma yuboriladi.
3. Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida fuqaroning xorijiy davlatda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjati ekspertiza jarayoniga qabul qilinganligi bo`yicha DXM ( o`zi kelgan holda murojaat etganda ) yoki YaIDXP orqali arizachiga habarnoma yuboradi.
4. DXM fuqaroning xorijiy davlatda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjati ekspertizaga qabul qilinganligi bo`yicha xabarnoma kelib tushganligi to`g`risida fuqaroga ma`lum qilinadi.
5. Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi fuqaroga 10 ish kuni ichida Ekspert komissiyasining xulosasi (test sinovi belgilanganligi, to`g`ridan- to`g`ri tan olishga, rad etilganligi) ni DXM (o`zi kelgan holda murojaat etganda) yoki YaIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.
6. Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi fuqaroga xorijiy davlatda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjati tan olinganligi to`g`risida sertifikat elektron shaklda generatsiya qilinib yuborilganligini DXM (o`zi kelgan holda murojaat etganda) yoki YaIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboriladi
Jismoniy shaxslar
Xorijiy davlatlarda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjatlarni tan olish uchun so`rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
xorijiy davlatlarda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjat va unga ilovaning nusxasi:
xorijiy davlatlarda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjat va unga ilovaning O`zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi:
Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xorijiy davlatlarda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjat va unga ilovaning asl nusxasi O`zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi bilan birga davlat xizmatlari markazi xodimiga taqdim etiladi.
Xujjatlar qabul qilingandan keyin talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xorijiy davlatlarda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjat va unga ilova asl nusxasining notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan birga talabgorga qaytariladi
10 ish kuni ichida
Xorijiy davlatlarda o`rta maxsus, kasb- hunar, oliy ta`lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjatlarni tan olish bo`yicha davlat xizmatini ko`rsatganlik uchun bazaviy xisoblash miqdorining uch baravari miqdorida yig`im undiriladi.
Xorijiy davlatlarda umumiy o`rta va o`rta ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi
Umumiy statistika
Yangilari | 2 |
Jarayonda | 306 |
Tugallanganlar | 3521 |
Rad etilganlar | 6189 |
To'lov jarayonida | 323 |
Barcha | 10341 |