"Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari" - Takroriy gerbli guvohnomalarni berish tartibi qanday?

Qoidalarning 193-banidiga asosan, dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi saqlanayotgan FHDYo organi manfaatdor shaxslarning arizalariga ko‘ra va tegishli dalolatnoma yozuvlari asosida takroriy guvohnomalar beradi.

Alohida hollarda (dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi yo‘qolganda, ikkinchi nusxa bo‘yicha guvohnoma olish qulay bo‘lganda) adliya boshqarmasining FHDYo arxivlari dalolatnoma yozuvining birinchi va ikkinchi nusxalarining aynan bir xilligini tekshirgandan so‘ng tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, o‘lim va nikohdan ajralganlik haqida takroriy guvohnomalar beradilar.

Qoidalarning 194-bandiga ko‘ra, tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnomalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvi qayd etilgan tegishli shaxsning o‘ziga, uning ota-onalariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qog‘ozlari asosida boshqa shaxslarga beriladi. Vafot etgan shaxsga nisbatan tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma berilmaydi. Zarur hollarda, vafot etgan shaxsning tug‘ilganligi haqida ma’lumotnoma berilishi mumkin.

O‘lim haqidagi takroriy guvohnomalar marhumning yaqin qarindoshlariga va merosxo‘rlariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qog‘oziga ega bo‘lgan shaxslarga beriladi.

Nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralganlik haqidagi takroriy guvohnomalar dalolatnoma yozuvi qayd etilgan tegishli shaxslarning o‘zlariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qog‘oziga ega bo‘lgan shaxslarga beriladi.

Nikohdan ajratilganda nikoh tuzilganligi haqidagi takroriy guvohnoma berilmaydi. Zarur hollarda nikoh tuzilganligi haqidagi ma’lumotnoma berilishi mumkin.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa