Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini o‘rnatish, xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va davlat qiyoslovidan o‘tkazishni tashkil etish ishlari gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan "Hududgazta’minot" AJ tomonidan tasdiqlanadigan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlariga xizmat ko‘rsatish reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.
Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborini almashtirish, ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish, davlat qiyoslovidan o‘tkazish va uning sozligini monitoring qilish uchun yechib olish iste’molchi ishtirokida gaz ta’minoti tashkiloti va Byuro vakillari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda hisobga olish pribori o‘rniga darhol gaz ta’minoti tashkiloti mablag‘lari hisobiga boshqa qiyoslangan hisobga olish pribori o‘rnatiladi.
Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-son qaroriga 2-ilova)
Hisoblagichni o‘rnatish va olib tashlash
Oxirgi o'zgartirilgan sana: 22.12.2025 - 5:57
Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?