Pasport yo‘qolishi

Pasportni yo‘qotish - tezkor choralar ko‘rishni talab qiladigan noxush vaziyat. Vaziyatga qarab (mamlakat ichkarisida yoki tashqarisida) tiklanish jarayoni farq qilishi mumkin. Pasport yo‘qolgan taqdirda ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan: birinchi qoidabuzarlik uchun BHMning 2-3 baravari miqdorida, bir yil davomida takroran sodir etilganda esa BHMning 5 baravari miqdorida jarima solinadi. Agar keyinchalik hujjat topilsa, uni ichki ishlar organlariga topshirish kerak.

Oxirgi o'zgartirilgan sana: 22.12.2025 - 5:57

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?