Taʼlim kreditini olish tartibi

Ta’lim kreditlarini olish tartibi, asoslari va shartlari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’limga haq to‘lash uchun ta’lim kreditlari berishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilanadi.


Taʼlim kreditlari tijorat banklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, oliy taʼlim muassasalarining to‘lov-shartnoma asosida kunduzgi bo‘lim bakalavriat va magistratura bosqichida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan talabalarga, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lgan talabalarga beriladi.


Bunda taʼlim kreditini oluvchi sifatida taʼlim shartnomasida kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-ona, aka-uka, opa-singillar, turmush o‘rtog‘i yoki vasiylar) ishtirok etishlari mumkin.

Taʼlim kreditini olish uchun kredit oluvchi tijorat banklariga Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:


a) ta'lim krediti olish uchun ariza;


b) talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma (kontrakt) schyot-faktura ilova qilingan holda (mavjud bo‘lsa). Shartnomada o'qishni yakunlash muddati va bir yil uchun to'lov miqdori ko'rsatilishi kerak;


d) kredit siyosati va bankning ichki tartib-qoidalariga muvofiq ta'lim krediti to'langanligini tasdiqlovchi hujjat. “Ijtimoiy himoyaning yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov yoki kafillikni talab qilmaydi;


e) “Ijtimoiy himoyaning yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi guvohnoma (“Ijtimoiy himoyaning yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);


f) bankning ichki hujjatlarida (polislarida) ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar, shu jumladan kredit oluvchiga tegishli maʼlumotlar va hujjatlar.

2023-10-23 12:20:43

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?