26.06.2024 15:05

Talabalar uchun yana bir xushxabar!

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab taʼlim kreditiga arizalarni my.gov.uz portali orqali onlayn topshirish mumkin! 

    Bu turdagi kredit faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiydigan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi. 

    Kredit miqdori: 
    1-bosqich talabalari uchun 100% kontrakt toʻlovi; 
    2-bosqich va undan yuqori bosqichdagi talabalar uchun kontrakt toʻlovining 80% gacha boʻlgan qismini tashkil etadi. 

    Yangi oʻquv yilidan taʼlim krediti olish uchun arizalarni my.gov.uz portali orqali onlayn topshirib, orzudagi bilimga ega boʻlish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?