Inson hayotiy sabablarga ko‘ra yangi yashash joyiga ko‘chib o‘tishi va har ko‘chganida u doimiy ro‘yxatga olish uchun migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga borishiga to‘g‘ri keladi.
Endilikda fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish uchun Yagona portaldagi “Fuqarolik” turkumiga o‘tsangiz, bas.
Mazkur xizmat orqali ko‘chmas mulk obyektiga egalik huquqi bir shaxsga tegishli bo‘lgan obyektlarga doimiy ro‘yhatga turish mumkin. Xizmatdan quyidagi toifalardagi fuqarolar foydalanishlari mumkin:
Xizmat avtomatlashtirilgan va 1 ish kunida taqdim etiladi.
Xizmatni taqdim etish narxi – BHMning 2%, Yagona portal orqali xizmat ko‘rsatilganda esa dastlabki narxdan 10% arzondir.
Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish xizmati bilan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/view/363