Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

22.11.2024 10:10

🟡 Oʻzingiz va yaqinlaringizni baxtsiz hodisalardan onlayn sugʻurtalang!

🛡 Har bir inson hayoti davomida kutilmagan holatlarga duch kelishi mumkin. My.gov.uz portali orqali endi oʻzingiz va yaqinlaringizni baxtsiz hodisalardan onlayn sugʻurtalashingiz mumkin!

👉 Buning uchun quyidagi xizmatlardan foydalaning:

⏺“Baxtsiz hodisalardan yakka tartibda sugʻurta qilish
⏺ “Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari ishtirokchilarini baxtsiz hodisalardan sugʻurtalash

Onlayn sugʻurta qanday ishlaydi❓

📱 My.gov.uz portaliga kiring va kerakli xizmatni tanlang;

🧑‍💻 Xizmat shartlari bilan tanishing va ularni qabul qiling;

🔐 5 000 soʻmdan 200 000 soʻmgacha boʻlgan sugʻurta mukofotini tanlang va toʻlovni amalga oshiring;

🔔 5 daqiqa ichida elektron polisingiz tayyor boʻladi va sizga yuboriladi.

Eslatma: Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan taqdirda, sizga toʻlanadigan maksimal sugʻurta summasi toʻlangan sugʻurta mukofoti miqdoriga bogʻliq boʻladi. Maksimal toʻlov summasi 20 million soʻmni tashkil etadi.

❗️Hoziroq my.gov.uz portaliga kiring va oʻzingiz hamda yaqinlaringizni baxtsiz hodisalardan himoya qiling!

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?