Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

27.11.2024 10:30

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆 2024-yil 1-dekabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📍 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?