Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

15.01.2025 09:00

🆕 Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun ajoyib yangilik!

📝 Subsidiyalar uchun ariza qabul qilish yana boshlandi!

📱 Nogironligi bo‘lgan shaxslar my.gov.uz portali orqali mutlaqo bepul tarzda onlayn ariza topshirib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha subsidiya olishlari mumkin:

💬 Asbob-uskuna va mehnat qurollari xaridi uchun subsidiya: Endi ish faoliyatingizni boshlash yoki davom ettirish uchun zarur bo‘lgan jihozlarni xarid qilishda davlatdan moddiy yordam olishingiz mumkin!

💬 Yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya: O‘qish davrida yashash va transport xarajatlaringizni qoplash uchun subsidiya olish imkoniyati mavjud.

💬 O‘qish uchun to‘lov-kontraktni qoplash uchun subsidiya: Ta’lim olishdagi moliyaviy qiyinchiliklarni yengillashtirish maqsadida o‘qish uchun to‘lov-kontraktni qoplashga subsidiya ajratiladi.

▶️ Xizmatlardan foydalanish tartibi bilan videoqo‘llanmada batafsil tanishing:

▶️ https://www.youtube.com/watch?v=AocDRCYCnlI