Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

16.01.2025 09:00

❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklang! Shunda hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

👉 Yagona portal orqali kredit tarixingiz tekshirilishini cheklab qoʻyish uchun:
 
⏺ my.gov.uz portalida sinov tarzidagi xizmatlar boʻlimiga oʻting
Tegishli xizmatni tanlang
⏺ SMS-xabarnoma xizmatini yoqing
⏺ Kredit tarixi olishni cheklashni faollashtiring

👍 Xizmatdan foydalanish juda oson va mutlaqo bepul!
 
▶️ Xizmatdan foydalanish tartibi bilan tanishing: 

▶️ https://youtu.be/AmWQ7h_cBPs