Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

28.01.2025 09:00

⚡️Oʻzbekistonda xalqaro imtihonlarga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda

👨‍🏫 Ayniqsa, yoshlar xorijda ta’lim olishni, zamonaviy kasblarni o'rganishni istashmoqda. Davlatimiz ularning intilishlarini qo‘llab-quvvatlab, xalqaro imtihon xarajatlarini qoplash imkoniyatini yaratmoqda.
 
📈 2024-yil statistikasi:  
  
⏺ Xalqaro imtihonlar uchun jami 24 534 ta ariza topshirilgan boʻlib, bu 2023-yilga nisbatan 10% oʻsishni koʻrsatadi.  
 
⏺ Bunda IELTS eng talabgir imtihonga aylandi – 14 782 ta ariza kelib tushdi. Shundan 11421 tasi davlat tomonidan moliyalashtirildi.  
 
⏺ Hududlar kesimida Toshkent shahri yetakchi boʻldi: 5043 ta arizachiga xarajatlar qoplab berildi. Imtihon xarajatlarini qoplash uchun 10 milliard 596 million soʻm mablagʻ ajratildi.  
 
IELTS'dan tashqari, TORFL/ТРКИga 5774 ta, TOEFL iBTga 293 ta ariza topshirildi.  
 
⏺ Akademik imtihonlarga ham talab yuqori bo'ldi: SATga 2922 ta, GREga 54 ta, GMATga 36 ta ariza kelib tushdi.  
 
⏺ Osiyo tillari boʻyicha imtihonlar (TOPIK,HSK,JLPT) ham oʻz oʻrniga ega boʻlib, jami 235 ta arizani tashkil etdi.  

💬 Muvaffaqiyatli yoshlar safiga siz ham qo‘shiling!  
 
📱 Хizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/413